Shell(Interpreter) va IDLE

Piton - interpreter(tarjimon) til. Bu kodlarni qatorma-qator bajarilishini bildiradi. Piton - Piton Shell(Python Interactive Shell : Piton Interfaol Qobiq sifatida ham tanilgan), ya'ni bitta Piton buyrug'ini kiritib natijani olish uchun ishlatiladi.

Piton Shell foydalanuvchidan buyruqni kiritilishini kutadi. Foydalanuvchi buyruqni kiritishi bilanoq u buni bajaradi va natijani ko'rsatadi.

Windowsda Piton Shell ni ochish uchun, buyruqlar satrini oching va python deb yozib ENTER tugmasini bosing.

Ko'rganingizdek, Pitonda buyruq berish 3ta Katta&Kichik ishoralarini o'z ichiga oladi. Hozirda, bitta buyruqni kiriting va natijani oling. Masalan, 3+2 ga o'xshagan amalni kiriting va enterni bosing, natija keyingi qatorda, quyidagidek ko'rinadi:

Piton skripti bilan ishlash

Yuqorida ko'rganingizdek, Piton shell bitta buyruqni bajaradi. Ko'p buyruqlarni bajarish uchun, .py kengaytmali Piton fayl yarating va Piton skriptlarni yozing. Masalan Notepad yoki Sublime matn muharriri ichiga quyidagi buyruqlarni kiriting:

print ("This is Python Script.")
print ("Welcome to Python Tutorial by Tutorials.uz")

Uni myScript.py ko'rinishda saqlang, va buyruq orqali siz saqlagan fayl papkasini ko'rsating va python myPythonScript.py buyrug'ini kiriting, quyidagi:

 

Piton - IDLE

IDLE(Integrated Development and Learning Environment - Integratsiyalashgan rivojlanish va o'quv muhiti) - Piton uchun integratsiyalashgan dasturlash muhiti (IDE) hisoblanadi. Windows uchun Piton o'rnatuvchisi IDLE moduli standart ravishda o'z ichiga olingan bo'ladi.

IDLE Linux uchun Piton taqsimotlarida mavjud emas. Unga mos ravishda paket menejerlaridan foydalanibgina, yuklab olish mumkin. Misol uchun quyidagicha.... keyin darsimizda davom etamiz.