Shart operatorlari

Piton matematikaga doir odatdagi mantiqiy shartlarni qo'llaydi:

  • Tengliklar: a == b
  • Tengsizliklar: a != b
  • Kichik katta: a < b
  • Kichik yoki teng: a <= b
  • Katta kichik: a > b
  • Katta yoki teng: a >= b

Ushbu shart buyruqlar turli xil maqsadlarda ishlatilishi mumkin, ko'pincha "if buyruq gaplar" va sikllarda ishlatiladi.

"if buyruq gapi" if kalit so'zi yordamida yasaladi:

Namuna

If buyruq:

 
Yuqoridagi namunada biz 2ta a va b o'zgaruvchilar, if shart buyrug'ida a, b dan kattaligini tekshirish uchun ishlatganmiz. a=33 va b=200 bo'lganligidan bizga ma'lumki 200 33dan katta va biz ekranga "b, a dan katta" natijani chiqarmoqdamiz.

Masofa

Piton kod maydonini belgilash uchun indentatsiya(satr boshidagi bo'sh joy yoki abzats)ga tayanadi. Boshqa dasturlash tillari o'rniga ko'pincha jingalak qavslarni ishlatishadi.


Elif

elif kalit so'zi piton tilida, "agar keyingi shart qoniqtirmasa, unda bu shartni bajar" shakldagi so'zni ifodalaydi.

Bu namunada a va b teng, shu sababli birinchi shartimiz qoniqtirmadi, ammo elif shartimiz to'g'riligi tufayli biz "a va b teng" natijani ekranga chop ettik.

Else

else kalit so'zi undan oldingi shartlar qoniqtirmaganda(to'g'ri bo'lmaganda)gina ish bajaradi.

Bu namunamizda, a b dan katta, shuning uchun birinchi shartimiz yolg'on, hamda elif shartdagi shart ham yolg'on, shuning uhcun else shartga o'tamiz va "a, b dan katta" natijani ekranga chiqaramiz.
Sizda elif siz ham else buyrug'i bo'lishi mumkin:

Qisqa usulli IF

Agar sizda tekshirish uchun faqat bitta shart bo'lsa, unda siz if shart buyrug'ini bir qatorga quyidagi tartibda yozishingiz mumkin bo'ladi:


Qisqa usulli if...else

Agar sizda tekshirish uchun faqat bitta shart bo'lsa, if uchun bitta natija, else uchun bitta so'nggi natijani bir qatorga quyidagi tartibda yozishingiz mumkin bo'ladi:

Bunday texnika Ternari operatorlari yoki Shartli ifodalar deb nomlanadi.


And

and kalit so'zi mantiqiy operator bo'lib u shartli buyruqlarni birlashtirish uchun ishlatiladi:

Bu operator qo'llanilganda, ikkala shart ham rost bo'lishi kerak, aks holda yolg'on natija beradi.


Or

or kalit so'zi mantiqiy operator bo'lib shartli buyruqlarni birlashtirish uchun ishlatiladi:


Ichma-ich IF shartlar

Sizda if buyruqlarning ichida yana if buyruq bo'lishi mumkin, bu ichma-ich joylashgan(inglizchada: nested) if buyruqlar deb ataladi:


pass buyrug'i

if buyruqlari bo'sh bo'lmasligi mumkin, biroq sizda ba'zi sabablarga ko'ra if buyrug'ida hech qanday kontent bo'lmasa, xatodan qochish uchun pass buyrug'ini ishlatishingiz kerak:


Video dars