Python 3 kirish

Python(yoki o'qilishi Piton) - bu umumiy maqsadli yuqori darajadagi dasturlash tilidir. Bu ochiq kodli GPL-litsenziyasi ostida chiqarilgan til hisoblanadi. Python Software Foundation (PSF, o'zbekcha Piton Dasturiy Fondi - PDF), notijorat tashkilot, Python-ga tegishli mualliflik huquqiga ega.

Gido Van Rossum Pythonni 1980-yillarning oxirlarida yaratdi. U 1991 yilda Gollandiyada Centrum Wiskunde & Informatica (CWI) da ABC tilining vorisi sifatida chiqarildi. U bu tilni "Monti Piton(britaniyalik komediya guruhi)ning uchar sirki" deb nomlangan komediya shousidan keyin (va Python-ilondan keyin emas) nomlagan.

So'nggi yillarda uning mashhurligi juda oshdi. Stackoverflow.com tomonidan o'tkazilgan so'nggi so'rov natijalariga ko'ra, Python 2018 yildagi eng mashhur texnologiyalar o'nligidan joy oldi.

Rasmiy veb-sayt: https://www.python.org

Piton talqinlari tarixi

Hozirda, PDF 2ta talqinni qo'llab-quvvatlaydi, Piton 2.x va Piton 3.x. Piton 2.0 talqini 2000, oktabr oyida chiqarilgan va u ko'plab xususiyatlarni o'z ichiga oladi.

PDF Piton 2 talqinini ham qo'llab-quvvatlashni boshladi, sababi mavjud kodlarning katta qismini Piton 3 talqiniga uzatib bo'lmas edi. Shuningdek, ular 2020-yilgacha Piton 2 talqinini qo'llashni to'xtatmaydi.

Piton 3.0 2008, 3-dekabrda chiqarilgan bo'lib, u avvalgi talqinlardagi ba'zi kamchiliklarni to'g'irlash maqsadida ishlab chiqilgan. Bu talqin oldingi talqinlar bilan to'liq backward-compatible[1](o'zbekcha, oldingi talqinlar bilan mos keluvchan) emas edi. Biroq, uning ko'pgina asosiy xususiyatlari Piton 2.6.x va Piton 2.7.x talqinlariga qayta ko'chirilgan. Piton 3-ning relizlari Piton 2 kodni Piton 3-ga tarjima qilishni avtomatlashtirishni osonlashtirish uchun o'z ichiga 2-3 ta yordamchi dasturlarni oladi.

Vebsaytimizdagi barcha darslar va namunalarda Piton 3.7.0 foydalanilgan.

Quyidagi jadvalda, Piton-ning muhim talqinlar tarixi ro'yhati keltirilgan:

Piton tilining xususiyatlari:

  • Piton - bir vaqtda bitta buyruq(instruction)ni bajarishga imkon beradigan, interpretator(tarjimon)ga asoslangan til.
  • Keng qo'llab-quvvatlanadigan asosiy ma'lumot turlari: sonlar(kasr, murakkab va cheksiz uzunlikdagi butun sonlar), satrlar( ASCII va Unicode ikkovi), ro'yhatlar va lug'atlar.
  • O'zgaruvchilar strongly-typed[2](kuchli yozilgan) hamda dynamic-typed[3](dinamik yozilgan) holda yozilishi mumkin.
  • Obyektga yo'naltirilgan dasturlash konseptsiyalarini qo'llaydi: sinflar, meros olish, obyektlar, modul, namespace va h.k
  • Istisnolarni boshqarish
  • Avtomatik xotira boshqaruvi.

Pitonning foydali tomonlari:

  • Piton kodlarni o'qish jarayonini osonlashtirishni ta'minlaydi. Shu maqsadda, C, C++ va Java kabi ko'plab tillarda bo'lgani kabi, jingalak qavslar o'rniga buyruq bloklarini ajratish uchun bir xil indention(abzats, bo'shliq)dan foydalaniladi.
  • Piton bepul va ochiq manbali dastur sifatida rivojlanmoqda. Katta dasturchilar jamiyati Piton kutubxonalarini veb-freymvork, matematik hisoblash va ma'lumotlar kabi turli xil dasturlarni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlashda faol ishtirok etadi.
  • Piton kross-platformali[4] til. U turli xil operatsion tizimlar, Windows, Linux, Mac OSX kabi platformalarda teng ishlaydi. Shuning uchun, Piton dasturlarini operatsion tizimlar bo'ylab osongina o'tkazish mumkin.
  • Piton turli xil dasturlash paradigmalarini qo'llaydi, shu jumladan: imperativ, protsedural, OOP va funksianal dasturlash uslublarini o'z ichiga oladi.
  • Piton boshqa mashhur dasturlash texnologiyalari; C, C++, Java, ActiveX va CORBA kabilar bilan oson integrlashadi.
  • Sanaversak, sanog'i yo'q:)))

Piton dasturlarining turlari

Piton e'tiborda biron bir dastur bo'lmagan umumiy maqsadli dasturlash tili sifatida boshlangan bo'lsa ham, so'nggi bir necha yil ichida ba'zi dasturiy sohalarda dasturchilar uchun tanlovga ega tilga aylandi. Ba'zi Piton-ning muhim ilovalari quyida keltirilgan:

Data Science(Ma'lumotlar to'g'risidagi fan)

Piton yaqinda asosan uning Data Science kutuxonalari tufayli mashhurlik ro'yhatida paydo bo'ldi. Bugungi kunda veb-ilovalar, mobil ilovalar va boshqa qurilmalar tomonidan juda ko'p miqdordagi ma'lumotlar ishlab chiqarilmoqda. Kompaniyalar o'sha ma'lumotlardan biznes bilimlar, tushunchalarga muhtoj.

Hozirda, Piton ma'lumot olimlari uchun yaxshi tanlov bo'ldi. Piton kutubxonalari NumPy, Pandas va Matplotlib ; bular ma'lumotlarni tahlil qilish jarayoni, shu jumladan ma'lumotlar to'plamlarini qayta ishlash,yig'ish,tozalash, matematik algoritmlarni qo'llash va foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratishda keng ishlatiladi. Pitonning tijoriy va ommaviy taqsimoti uchinchi shaxs, shuningdek Anaconda va ActiveState tomonidan data science uchun kerak bo'lgan barcha muhim kutubxonalar bilan ta'minlanadi.

Machine Learning

Bu Piton-ning yana bir muhim sohasi hisoblanadi. Piton kutubxonalari: Scikit-learn, Tensorflow va NLTK kabilar mijozlarning ehtiyojini qondirish, aksiyalarning prognoz ko'rsatkichlari kabi trend prognozlar uchun keng qo'llaniladi. Machine learning-ning ba'zi amaliy dasturlari - tibbiy diagnostika, statistik arbitraj, savatni tahlil qilish, sotuvlar prognozi va boshqalarni o'z ichiga oladi.

Web Development

Bu Piton-dagi yana bir ommalashayotgan dasturiy sohalaridan biri bo'lib, u veb-ilova freymvork kutubxonalarni o'z ichiga oladi. Ular django, Pyramid, Flask va boshqalar. Bular oddiy hamda murakkab veb-ilovalarni yaratishni osonlashtiradi. Mana shu freymvorklar turli xil AT kompaniyalar tomonidan keng ishlatiladi. Misol uchun, Dropbox - django-ni backend sifatida mahalliy fayllarni sinxronlash va saqlash uchun ishlatadi.

Bugungi kundagi ko'plab veb serverlar WSGI(Web Server Gateway Interface) bilan mos keladi - Piton veb-freymvorklari va veb serverlar o'rtasidagi universal interfeys uchun spesifikatsiya. Barcha yetakchi vebserverlar, shuningdek Apache, IIS, Nginx va boshqalari hozirda Piton veb-ilovalarini qo'llaydi. Google'iing Ilova Tizimi deyarli Piton veb-freymvorklari bilan yaratilgan barcha veb-ilovalarni qo'llaydi.

Rasmni qayta ishlash

OpenCV kutubxonasi odatda yuzni va imo-ishoralarni aniqlash uchun ishlatiladi. OpenCV bu C++ kutubxonasidir, ammo Piton-ga o'tkazilgan. Ushbu xususiyatning jadal rivojlanishi tufayli Piton rasmni qayta ishlash uchun eng mashhur tanlov bo'ldi.

Game Development

Piton o'yin ishlab chiqaruvchilar uchun eng yaxshi tanlovdir. PyGame kutubxonasi kompyuterlar, shuningdek mobil platformalar uchun o'yinlarni yaratishda keng qo'llaniladi. PyGame dasturlarini Android-ga ham o'rnatish mumkin.

Atamalarning ma'nolari:

  1. backward-compatible - bir xil mahsulotning talqinlari yoki modellari undan avvalgilari bilan mos kelishiga aytiladi. Dasturning yangi talqini, agar u o'sha dasturning eski talqinida yaratilgan ma'lumotlar va fayllardan foydalanolsa u backward-compatible deb ataladi.
  2. strongly-typed - ishga tushirishdan(runtime) oldin ma'lumot turlari tekshiriladi.
  3. dynamic-typed - bajarilish vaqtida turlar tekshiriladi.