Piton muhitini o'rnatish

Python - Windows, Linux, Mac OS da shuningdek, IBMS AS/400, iOS, Solaris va boshqa bir qator platformalarda ishlatish mumkin.

Python-ni mahalliy mashinangizga o'rnatish uchun, operatsion tizimingiz, texnik ta'minot(hardware) arxitekturasi va lokal mashinangizni talqiniga to'g'ri keladigan Python dasturini standart distributivini https://www.python.org/downloads -dan yuklab olishingiz mumkin.

Pitonni Windowsga yuklash

Pythonni Windows platformasiga o'rnatish uchun, siz o'rnatuvchi(installer) ni yuklab olishingiz kerak. Windows-da veb-ga asoslangan o'rnatuvchi, to'g'ridan-to'g'ri dastur orqali o'rnatuvchi, zip-fayl orqali o'rnatuvchi imkoniyati mavjud. Windowsga o'rnatish uchun ushbu sahifaga tashrif buyuring: https://www.python.org/downloads/windows va lokal mashinangizni texnik ta'minoti arxitekturasiga to'g'ri keladigan installer-ni yuklab oling.

Veb-asoslangan o'rnatuvchiga faol internet aloqasi kerak bo'ladi. Shunday qilib, mustaqil o'rnatishni amalga oshiruvchini yuklab olishingiz ham mumkin. Buning uchun https://www.python.org/downloads .ga o'ting va Download 3.7.0 quyidagi tugmani bosing. (3.7.0 bu biz o'rganayotgan versiya, eng oxirgi versiyani yuklab olishingiz ham mumkin).

Bu 32 bit uchun python-3.7.0.exe ni yuklaydi. 64 bit installer uchun, https://www.python.org/downloads/windows va muvofiq tarzda 64 bit installerni tanlang, quyidagicha:

Windows x86-64 to'g'ridan-to'g'ri o'rnatuvchi installer-ni yuklab oling va unga 2 marta bosing va quyidagicha o'rnatish haqida ma'lumot chiqadi:

O'rnatish oddiy wizard-ga asoslangan jarayondir. Yuqorida ko'rganingizdek, standart o'rnatilish papkasi C:Users{UserName}AppDataLocalProgramsPythonPython37 (Piton 3.7.0 , 64 bit uchun). Keyin har qanday katalog yo'lidan(path) piton skriptlarni bajarishingiz uchun Add Python 3.7 to PATH belgilash katakchasini belgilang, Customize installation yozuvini ustiga bossangiz, python-ni o'rnatish uchun papka yoki xususiyatni tanlashingiz mumkin. Bu keyingi ixtiyoriy xususiyalar bosqichiga mana shunday ko'rinishda o'tadi:

Davom etish uchun Next tugmasini bosing.

Qo'shimcha tanlovlar bo'limida, Install for all users variantini, lokal mashinangizdan foydalanadigan har qanday foydalanuvchi Python skriptlarni amalga oshirolishi uchun tanlang. Shuningdek, qisqa path qilish uchun python-ni o'rnatish uchun papka tanlang, qolgan variantlarni o'z holicha qoldiring va nihoyat Install tugmasiga bosing.

Muvaffaqiyatli o'rnatilishdan keyin, lokal moshinangizda Python bilan bemalol ishlashingiz mumkin.

Pythonni Linuxda o'rnatish

Linux distributivlarini ko'pida oldindan Python o'rnatilgan bo'ladi. Biroq, Python 2.x versiyasi ularni ko'piga biriktirilgan bo'ladi. Pyhon 3.x mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish uchun, quyidagi buyruqni Linux terminalda ishga tushiring:

$ which python3

Agar mavjud bo'lsa, Python 3 bajariladiga yo'lni natija sifatida qaytaradi, masalan bundek: /usr/local/bin/python3. Agar bo'lmasa, quyidagi protsedurani Ubuntu Linux ga yozish orqali yuklab oling:

$ sudo apt-get update

$ sudo apt-get install python3.6

Boshqa Linux distributivlari uchun mos keladigan paket boshqaruvchilaridan foydalaning, masalan Red Hat uchun YUM, debian uchun aptitude, Fedora uchun DNF va boshqalar.

Boshqa platformalar uchun pythonni rasmiy dokumentatsiya sayti python.org orqali yuklab olasiz.

Python o'rnatilishi muvaffaqiyatli tugadi yoki tugamaganligini tekshirish uchun buyruq satri oynasini oching, Python-ni yozing va Enter tugmasini bosing. Uchdan katta belgilar (>>>) dan iborat Python so'rovi paydo bo'lishi kerak.