$this kalit so'zi

Agar siz oldingi darslarimizda yoki OOP da ishlatilgan $this kalit so'ziga ko'zingiz tushgandir.

$this kalit so'zi klass ichida joriy obyekt uchun klass o'zgaruvchilari yoki funksiyalarining statik bo'lmagan a'zolariga kirish(dostup) uchun member functions(a'zo funksiyalari) bilan birga ishlatiladi.

Keling, this kalit so'zini ishlatilishini tushunish uchun namunani ko'ramiz:

Natija:

Mening ismim: John Wick

Yuqoridagi kodda, biz klass ichida $name nomli private o'zgaruvchi yaratib oldik va bizda $name ga yangi qiymat belilash va mos ravishda ulardan qiymat ulash uchun 2 ta public metodlar getName() va setName() .

Har doim a'zo funksiyaning ichidan klass o'zgaruvchisini chaqirmoqchi bo'lganimizda, biz o'zgaruvchini o'zida saqlaydigan joriy obyektni ko'rsatish uchun ishlatamiz.

Biz yana boshqa a'zo funksiyaning ichidagi klassning bir a'zo funksiyasini chaqirishimiz uchun $this ni ishlatishimiz mumkin.

ESDA TUTING: Agar klass ichida static a'zo funksiyalari yoki o'zgaruvchilari bo'lsa, biz ularga $this ishlatib murojaat qilolmaymiz.


static klass a'zolariga self ni ishlatish

static klass a'zolari uchun $this kalit so'zining o'rniga, self ni muhit ruxsat operatori (::) bilan birga ishlatamiz. Misol uchun:


self va this o'rtasidagi farq

Keling self va this o'rtasidagi farqlarni jadvalda kuzatamiz:

Yuqoridagilarni yanada yaxshiroq tushunish uchun namuna kod:

Natija:

Ish nomi: Ma'lumot(Data) Mutaxasisi
Ish ta'rifi: Ma'lumot fanini bilishingiz kerak
Kompaniya nomi: TUTORIALS.UZ 

Yuqoridagi kod parchasida biz ko'proq non-static o'zgaruvchilar va 1 ta static o'zgaruvchini ishlatdik.

Chunki static o'zgaruvchilar klassning o'zi bilan bog'langan, klassni obyekti bilan emas, shuning uchun biz ularni klass nomi bilan chaqirdik.

Shuningdek, static a'zo funksiyasi ichida static o'zgaruvchini ham va non-static metod ichida ham static o'zgaruvchini ishlatish mumkin, keyin ularni static metodga o'xshab, klassning nomi bilan chaqiramiz.


Atamalar:

  • A'zo o'zgaruvchi - klass ichida belgilangan barcha o'zgaruvchilar
  • A'zo funksiyasi - klass ichida belgilanib, obyekt ma'lumotlariga murojaat qilish yoki kirish uchun ishlatiladigan funksiyaga aytiladi.
  • Muhit ruxsat operatori (::) - klassdagi static, constant va dominant xossa va metodlariga kirishni belgilaydi.