Sikl turlari

Dasturlashda sikl tushunchasi bor. Sikl - ma'lum bir shart bajarilmagunga qadar bir xil kodni bir necha marta takrorlashga aytiladi. PHP quyidagi 4 sikllarni qo'llaydi:

  • for − kod blokini belgilangan miqdorda takrorlaydi.
  • while − kod blokini shart true(to'g'ri) bo'lgunga qadar bajaradi, takrorlaydi.
  • do...while − kod bloki ichini kamida bir marta bajaradi, keyin sikl, shart true bo'lgunga qadar davom etadi.
  • foreach − massiv ichidagi elementlarni takrorlash uchun ishlatiladi.

Biz ushbu darsimizda sikllarni bajarishda boshqariladigan continue va break kalit so'zlari bo'yicha muhokama qilamiz.


FOR sikl buyrug'i

for sikli biror-bir shartni bir necha marta takrorlashni bajarish uchun ishlatiladi.
  • for...{...}: sikl tanasi*.
  • Boshlang`ich qiymat: odatda butun son bo'ladi. Boshlang'ich qiymatni berish uchun ishlatiladi.
  • Shart: Har bir siklni bajarilishini tekshiradi. Agar true deb hisoblansa, sikl davom etadi. Agar false deb hisoblansa, shart tugatiladi.
  • Ortish&kamayish: Sikl o'zgaruvchisini oshirish yoki kamaytirish.

TAJRIBA #1


Keling, tajriba qilib ko'ramiz.

Quyidagi kodda 0 va 10 orasidagi sonlarni har birini 10 ga ko'paytirib chiqish uchun for sikli ishlatilgan:

 <?php
for ($i = 0; $i <= 10; $i++) {
$son= 10 * $i;

echo "Javob 10 * $i = $son <br/>";
}
?>

Natija esa quyidagicha bo'ladi:

10 * 0 = 0
10 * 1 = 10
10 * 2 = 20
10 * 3 = 30
10 * 4 = 40
10 * 5 = 50
10 * 6 = 60
10 * 7 = 70
10 * 8 = 80
10 * 9 = 90

Foreach sikl buyrug'i

PHP foreach sikli massiv qiymatlari orqali sikl hosil qilish uchun ishlatiladi.Uning quyidagicha asosiy sintaksis bor:

<?php
foreach($massiv_ozgaruvchisi as $massiv_qiymatlari){

bajarilishi kerak bo'lgan kod bloki

}
?>

Bu yerda:

  • “foreach(…){…}” - foreach php sikl kod bloki.
  • “$massiv_ozgaruvchi” - sikllanadigan massiv o'zgaruvchisi.
  • “$massiv_qiymatlari “ - massiv element qiymatlarini o'zida saqlab turuvchi vaqtinchalik o'zgaruvchi.
  • “kod bloki…” - massiv qiymatlari bilan ishlaydigan kod qismi.


TAJRIBA #2


Quyidagi for...each sikli massivdagi elementlarni o'qish va ekranga chiqarish uchun ishlatiladi.

<?php

$hayvonlar = array("Sher","Bo`ri","It","Leopard","Yo`lbars");

foreach($hayvonlar as $hayvon_list){

echo $hayvon_list . "<br>";

}

?>

Natija quyidagicha aks etadi:

Sher
Bo`ri
It
Leopard
Yo`lbars

While sikli buyrug'i

while sikl - o'rnatilgan shart qonitirilguncha kod blokini takroran bajarish uchun ishlatiladi.

Qachon while ishlatiladi:

  • while sikli ma'lum shart true bo'lgunga qadar kod blokini bajarish uchun ishlatiladi.
  • Siz while siklini ma'lumotlar bazasi so'rovlaridan qaytgan yozuvlarni o'qish uchun foydalanishingiz ham mumkin.

while sikli turlari:

  • Do...while - shart tekshirilishidan oldin kamida bir marta kod bloki bajariladi.
  • While... - birinchi shartni tekshiradi. Agar true deb hisoblansa, kod bloki shart true bo'lgunga qadar bajariladi. Agar false deb hisoblansa, kod bloki tugatiladi.

While sikli

Uning asosiy sintaksisi:

<?php
while (shart){

bajarilishi kerak bo'lgan kod bloki;

}
?>

Bu yerda,

  • “while(…){…}” - while sikli va kod bloki.
  • “shart” - while sikliga kiritilgan shart
  • “kod bloki…” - shart qoniqtirilgandan so'ng bajariladigan kod.

Bu qanday ishlaydi ->


TAJRIBA #3


Quyidagi kod while sikli orqali 1 dan 5 gacha bo'lgan sonlarni yozish uchun ishlatilgan:

<?php

$i = 0;

while ($i < 5){

echo $i + 1 . "<br>";

$i++;

}

?>

Natija esa quyidagicha bo'ldi:

1
2
3
4
5

Do...while sikli buyrug'i

PHP do...while sikli boshqa sikllarga qaraganda ozgina farq qildi. Sababi bu sikl xatto shart false bo'lganda ham, kamida bir marta kodni bajaradi. Chunki sikl bajarilib bo'lingandan keyin, shart tekshiriladi. Shuning uchun shart tekshirilganda, sikl allaqachon bir marta bajarib bo'lingan bo'ladi.

 


Do...while siklining sintaksisi:


<?php
do {
    
/* 
        shart true bo'lgunga qadar  
        kod bajariladi
    */

} while(shart)
?>

Keling do...while sikl orqali bir misolni ko'rib chiqamiz:

TAJRIBA #4


<?php

$a = 1;

do {
    echo "$a | ";
    $a++;   
// qiymatlar 1 ga ortyapti

} while($a <= 10)
?>

Quyidagicha natijaga ega bo'lamiz:

1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |

Shart false bo'lganda ham, siklni bir marta bajarilishini aytib o'tgandik. Endi shunga bir misolni ko'ramiz:


TAJRIBA #5


<?php

$a = 11;

do {
    echo $a;
    $a++;   
// qiymatlar 1 ga ortyapti

} while($a <= 10)
?>

Natija esa quyidagicha bo'ladi:

11

Ko'rib turganimizdek, do....while sikli yuqorisdagi shart false, sababi $a o'zgaruvchi qiymati 11 ga teng. Shart bo'yicha faqat $a 10 dan kichik yoki teng bo'lsa, sikl bajarilishi kerak deb yozganmiz.