Ma'lumot turlari

O'zgaruvchilar turli xil ma'lumotlarni o'zida saqlaydi va turli xil ishlarni bajaradi.

PHP keltirilgan ma'lumot turlarini qo'llaydi:

  • String(satr)
  • Integer(Butun son)
  • Float (kasriy sonlar - ½ , 115.2 , -5.3)
  • Boolean(o'zgaruvchi)
  • Array(Massiv)
  • Object(Obyekt)
  • NULL
  • Resource(Resurs)

PHP String(Satr)

Satr deb belgilarni ketma-ket(qatorma-qator) yozilishiga aytiladi.

Satrda (" ", ' ') apostrof,qo'shtirnoq ichida matn bo'lishi mumkin. Biz 2 xil apostrof va qo'shtirnoqni ishlatishimiz mumkin(" ", ' ').

PHP Integer(Butun son)

Integer ma'lumot turlari bu kasr bo'lmagan -2,147,483,648 va 2,147,483,647 orasidagi butun sonlar hisoblanadi.

Qoida:

  • Integer'da kamida 1 ta son bo'lishi shart
  • Integer'da kasr son bo'lishi kerak emas ( ½ , 115.2 , -5.3)
  • Integer ham (-) son ham (+) son bo'lib keladi
  • Integer lar 3 formatda ifodalanadi: 10lik, 8lik, 16lik sanoq sistemalarida.

Keltirilgan namunada $x bu integer bo'lmoqda. PHP var_dump() funksiyasi ma'lumot turini aniqlab beradi:

PHP Float(kasr son)

Float (kasr son) - nuqtali sonlar ya'ni eksponental shaklda keltirilgan ham bo'lishi mumkin. Masalan: 0.3 , -85.96 , 56.3

Quyida keltirilgan misolda $x bu float. PHP var_dump() funksiyasi ma'lumot turini aniqlab beradi:

PHP Boolean

Boolean 2 ta mumkin bo'lgan holatlarni ifodalaydi: TRUE yoki FALSE

Boolean'lar shartli test da ishlaydi. Unga misol quyida:

If($alo) bo'lgandan so'ng PHP o'zi uni avtomat tarzda TRUE qiymat deb qabul qiladi. Agar $alo = 0 bo'lib qolsa ELSE buyruqdagi matn chiqadi.

PHP Array(Massiv)

Array birgina o'zgaruvchida ko'p qiymatlarni saqlaydi.

Quyidagi namunada $cars - array hisoblanadi.PHP var_dump() funksiyasi ma'lumot turini aniqlab beradi:

PHP Object(Obyekt)

Obyekt ma'lumot turida biz faqatgina ma'lumot emas balki axborotni ham qay tartibda bajarilishini belgilab olsak bo'ladi.

Birinchidan biz OBYEKT(OBJECT) ning CLASS'ini aniq qilib yozib(declare) olishimiz kerak. CLASS - o'zida xossa va metodlarni jamlaydigan struktura hisoblanadi.

CLASS'lar CLASS kalit so'zi bilan ifodalanadi.Biz object class da ma'lumot turini qayd qilamiz,keyin class ning misolida ma'lumot turini ishlatamiz.

PHP NULL qiymati

NULL - NULL turidagi yagona mumkin bo'lgan qiymat. Maxsus NULL qiymati, qiymati yo'q o'zgaruvchini ifodalaydi. U xuddi Pythonning "None" yoki Perlning "undef"ga o'xshab ketadi. Bu ma'lumotlar omborining bo'sh qolgan satrlarini yoki null qiymatlar orasini farqlaydi. Noaniq parametrlarni va bo'sh qiymatlarni belgilaydi.

NULL faqatgina bitta qiymatga ega bo'lib u Case-insensitive(Katta-kichiklikka e'tibor katta) hisoblanadi.

Quyidagi misolda $var NULL ga o'rnatilindi va $var ning qiymatini ko'rsatish uchun var_dump va is_null ni ishlatamiz.