Indekslangan massivlar

Indekslangan massiv - sonli indeks bo'yicha ma'lumotlar saqlanadigan sodda massiv. Barcha massiv elementlari birinchi massiv element uchun 0 dan boshlanadigan son qiymat bo'lgan indeksni ifodalaydi.


Indekslangan massivni yaratish

PHP'da indekslangan massivni yaratishning 2 xil usuli mavjud, ular:

Indekslangan massivning yaratilishini 1-usuli sintaksisi:


<?php

/* 
    1-to'g'rima-to'g'ri massivni yaratish
*/

$car= array("Captiva", "Spark", "Nexia");

?>

va massvini yaratishni 2-usuli:

<?php

/* 
    2-taqsimlangan massivlarni yaratish
*/

$computer[0] = "Apple";
$computer[1] = "Acer";
$computer[2] = "Asus";
$computer[3] = "HP";
$computer[4] = "Toshiba";

?>

Massivni qanday ishga tushirishimizni ahamiyati yo'q, biz quyidagicha massivga kirolamiz(elementlarni o'qiy olish):

<?php
/* 
    Massivga kirish
*/

echo "2-massivga kirish...
";
echo $computer[0], "
";
echo $computer[3], "
";
echo $computer[2], "
";

echo "1-massivga kirish...
";
echo $car[1], "
";
echo $car[0], "
";
echo $car[2], "
";

?>

Natija esa quyidagicha:

EKRANGA CHIQQAN NATIJA:

2-massivga kirish...
Apple
HP
Asus
1-massivga kirish...
Spark
Captiva
Nexia

Massivni o'qiy olish ya'ni kirish uchun biz to'rtburchak qavsda element indeksi bilan birga massiv nomini ishlatishimiz kerak.


Indekslangan massivni takrorlash(Traversing an indexed array)

Massivni takrorlash deganida massivning birinchi indeksidan boshlab, oxiri elementigacha takrorlash tushuniladi.

Biz indekslangan massivni for va foreach sikli orqali takrorlashimiz mumkin bo'ladi. for va foreach sikli haqida asosiy tushunchalar va boshqalarni oldingi darslarimizda o'qiysiz.


for siklini ishlatish

Indekslangan massivni takrorlash uchun for siklidan foydalanganimizda, biz massivning uzunligi/o'lchamini bilishimiz kerak. Bilish uchun count() funksiyasi ishlatiladi.Quyidagi namunada for siklidan foydalanib, indekslangan massivni takrorlash ko'rsatilgan:

<?php

$cars= array("Captiva", "Spark", "Nexia");

// massivni o'lchamini topish

$size = count($cars);

//for siklidan foydalanish

for($i = 0; $i < $size; $i++)
{
    echo $cars[$i], "
";
}

?>

Natija

Captiva
Spark
Nexia

foreach siklini ishlatish

Indekslangan massivni takrorlash uchun foreach siklidan foydalanish bu eng yaxshi tanlov. Sababi sizda bor yuqoridagidek for sikliga o'xshash massivni o'lchamini olish shart emas. foreach sikliga qo'ysangiz va foydalanishni bilsangiz bas.Quyida foreach sikli orqali keltirilgan namunani ko'rib chiqamiz:

<?php

$cars= array("Captiva", "Spark", "Nexia");

// foreach siklidan foydalanish

foreach($cars as $moshina)
{
    echo $moshina. "
";
}

?>

Natija

Captiva
Spark
Nexia

Indekslangan massivni foydali tomoni:

  • Sonli indeks qiymatlardan foydalanish va sonli indekslar deyarli butun dasturlash tillarida keng ishlatiladi. Shu tufayli, kodni readable(o'qimishli) qiladi. Birov kodingizni ko'rsa tushunishi oson bo'ladi.