TRUNCATE, DROP va RENAME so'rovlari

Bu darsda biz jadvallarni qayta belgilash uchun ishlatiladigan DDL buyruqlarini o'rganamiz, unda boshladik:

TRUNCATE so'rovi

Truncate buyrug'i jadvaldagi barcha yozuvlarni o'chirib tashlaydi. Ammo bu buyrug' ya'ni so'rov jadvalning strukturasini chalkashtirib tashlamaydi, to'g'rirog'i buzib yubormaydi. Ushbu buyruqni jadvalga nisbatan ishlatganimizda, uning asosiy kaliti(primary key) ham initsializatsiya bo'ladi. Sintaksisi quyidagicha:

TRUNCATE TABLE jadval_nomi

Quyida namuna:

TRUNCATE TABLE student;

Yuqoridagi so'rov student jadvalidagi barcha so'rovlarni o'chirib yuboradi.

DML buyruqlarida, biz Truncate buyrug'iga ko'p yoki ozgina o'xshashroq bo'lgan DELETE buyrug'ini o'rgangan edik. Keyingi darslarimizda ikkala so'rovlar o'rtasidagi farq nimada ekanligini ko'proq bilib olamiz.

DROP so'rovi

DROP buyrug'i jadvalni bazadan butunlar o'chirib tashlaydi hamda bu buyruq jadval strukturasini ham va uni ichida saqlangan ma'lumotni ham buzib yuboradi. Sintaksisi bunday:

DROP TABLE jadval_nomi

Namuna sifatida:

DROP TABLE student;

Yuqoridagi buyruq student jadvalini bazadan butunlar o'chirib yuboradi. Bu bazalarni tak-tugi bilan yo'q qilib yuborish uchun ham ishlatilishi mumkin, quyidagicha:

DROP DATABASE Kim;

Yuqoridagi so'rov Kim nomli bazani tizimdan o'chirib yuboradi.

RENAME so'rovi

RENAME buyrug'i mavjud jadvalning nomini yangi nomga o'zgartirish uchun ishlatiladi. Sintaksisi quyidagicha:

RENAME TABLE eski_jadval_nomi to yangi_jadval_nom

Namuna quyidagicha:

RENAME TABLE student to students_info;

Yuqoridagi so'rovimiz student jadvali nomini students_info jadvali nomiga o'zgartiradi.