SQL haqida va buyruqlar

Tuzilami So'rovlar Tili(ing - Structured Query Language=SQL) - Nisbiy ma'lumotlar bazasida(Relational DBMS, qisqartmasi RDBMS) ma'lumotni boshqarish va saqlash uchun ishlatiladigan baza so'rovlar tili hisoblanadi. SQL E.F Codd-ning ma'lumotlar bazasining Relational model-i uchun birinchi taqdim etilgan tijoriy tildir. Bugun deyarli barcha RDMBS-lar(MySql, Oracle, Infomix, Sybase, MS Access) standart baza so'rovlar tili sifatida SQL-ni ishlatadilar. SQL - RDMBS-larda barcha ma'lumot turlari bo'yicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun ishlatiladi.

SQL buyruqlar

SQL RDBMS-da saqlanadigan ma'lumotni boshqarish uchun quyidagi usullarni belgilaydi.

DDL: Data Definition Language

Bunga jadvalning tuzilishi, jadvalni o'zgartirish, jadvalni o'chirish va boshqalar kabi jadvalning tuzilishidagi o'zgarishlar kiradi.

Barcha DDL buyruqlari avtomatik bajariladi. Bu barcha o'zgarishlarni ma'lumotlar bazasida doimiy ravishda saqlashini anglatadi.

Buyrug' Ta'rifi
create yangi baza yoki ro'yhat yaratish
alter o'zgartirish
truncate ro'yhatdan ma'lumotni o'chirish
drop ro'yhatni tashash
rename ro'yhatni qayta nomlash

DML: Ma'lumotni boshqarish tili

DML buyruqlari jadvalning o'zida emas, balki jadvalda saqlanadigan ma'lumotni boshqarish uchun ishlatiladi. DML buyruqlari avtomatik bajarilmaydi. Bu ma'lumotlar bazasida doimiy emasligini va ularni orqaga qaytarish mumkinligini anglatadi.

Buyruq Ta'rifi
insert yangi qator qo'shish uchun
update mavjud qatorni yangilash
delete qatorni o'chirish
merge ikkita qatorni yoki ikkita jadvalni birlashtirish

TCL: Tranzaktsiyalarni boshqarish tili

Ushbu buyruqlar boshqa buyruqlar va ularning ma'lumotlar bazasiga ta'sirini tekshirishni o'z ichiga oladi. Ushbu buyruqlar boshqa buyruqlar tomonidan kiritilgan o'zgarishlarni ma'lumotlarni asl holatiga qaytarish orqali bekor qilishi mumkin. Har qanday vaqtinchalik o'zgarishni doimiy holga keltirishi mumkin.

Buyruq Ta'rifi
commit doimiy saqlash
rollback o'zgarishni ortga qaytarish
savepoint vaqtinchalik saqlash

DCL: Ma'lumotlarni boshqarish tili

Ma'lumotni boshqarish tili - bu ma'lumotlar bazasining har qanday foydalanuvchisidan vakolat berish va qaytarib olish buyruqlari.

Buyruq Ta'rifi
grant ruxsat berish
revoke ruxsatni qaytaib olish

DQL: Ma'lumotlar so'rovi tili

Ma'lumotlar so'rovi tili biz osonlikcha qo'llashimiz mumkin bo'lgan shartlarga asoslanib jadvallardan ma'lumotlarni olish uchun ishlatiladi.

Buyruq Ta'rifi
select bir yoki bir nechta jadvaldan yozuvlarni olish