SQL: create buyrug'i

create - DDL SQL buyruq bo'lib, u nisbiy ma'lumot baza menejment tizimida(relational database management systemt) jadval va baza yaratishda ishlatiladi.

Ma'lumot bazasini yaratish

RDBMS-da ma'lumot bazasini yaratishda create buyrug'i ishlatiladi. Sintaksisi quyidagicha:

CREATE DATABASE <DB_NAME>;

Ma'lumot bazasini yaratish uchun namuna

CREATE DATABASE Test;

Yuqoridagi buyruq Test deb nomlangan ma'lumotlar bazasini yaratadi, u hech qanday jadvalsiz bo'sh sxema bo'ladi.

Yangi yaratilgan bazada jadvallar yaratish uchun biz yana create buyrug'idan foydalanishimiz mumkin.

Jadval yaratish

create buyrug'i jadvallarni yaratishda ham ishlatilishi mumkin. Endi biz jadval yaratishda jadvallar ustunlarining ma'lumotlarini(details) ham ko'rsatishimiz kerak. create buyrug'ining o'zida biz turli xil ustunlarning nomlari va ma'lumot turlarini belgilashimiz mumkin. Sintaksisi quyidagicha:

CREATE TABLE <JADVAL_NOMI>
(
    ustun_nomi1 malumot_turi1,
    ustun_nomi2 malumot_turi2,
    ustun_nomi3 malumot_turi3,
    ustun_nomi4 malumot_turi4
);

create table buyrug'i ma'lumotlar bazasi tizimiga berilgan jadval nomi va ustun ma'lumotlari bilan yangi jadval yaratishni aytadi.

Jadval yaratishga namuna

CREATE TABLE Student(
    student_id INT, 
    name VARCHAR(100), 
    age INT);

Yuqoridagi buyruq joriy ma'lumotlar bazasida Student nomi bilan yangi jadval yaratadi, unda 3 ustun, ya'ni student_id, ism va yosh ko'rsatilgan. Student_id ustunida faqat butun son saqlanadi, ism 100 belgigacha saqlanadi va yosh yana faqat butun sonni saqlaydi.

Agar siz hozirda jadval yaratmoqchi bo'lgan ma'lumotlar bazangizga kirmagan bo'lsangiz, u holda nuqta operatoridan foydalanib, ma'lumotlar bazasi nomini jadval nomi bilan birga qo'shishingiz mumkin.

Masalan, agar bizda Test nomli ma'lumotlar bazasi bo'lsa va unda Student jadvalini yaratishni istasak, quyidagi so'rov yordamida buni amalga oshirishimiz mumkin:

CREATE TABLE Test.Student(
    student_id INT, 
    name VARCHAR(100), 
    age INT);

IBORALAR

Relational Database Management System (RDBMS) - bu relyatsion ma'lumotlar bazasini yaratish, yangilash va boshqarishga imkon beradigan dastur. Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining aksariyati ma'lumotlar bazasiga kirish uchun SQL tilidan foydalanadi.

Sxema(Schema) - bu ma'lumotlar bazasi ma'lum bir foydalanuvchi nomi bilan bog'langan ma'lumotlar bazasi ob'ektlari to'plami ( jadvallar).

Jadval ustunlari uchun eng ko'p ishlatiladigan ma'lumotlar turlari

Bu yerda biz jadvallardagi ustunlar uchun eng ko'p ishlatiladigan ba'zi ma'lumot turlarini sanab o'tdik:

Ma'lumot turi Foydalanishi
INT butun sonlarni saqlaydigan ustunlar uchun ishlatiladi.
FLOAT o'zgaruvchan(float - .) qiymatlarni saqlaydigan ustunlar uchun ishlatiladi.
DOUBLE o'zgaruvchan(float - .) qiymatlarni saqlaydigan ustunlar uchun ishlatiladi.
VARCHAR belgilar va butun sonlarni, asosan, satrlarni saqlash uchun ishlatiladigan ustunlar uchun ishlatiladi.
CHAR char qiymatlarini (bitta belgi) saqlaydigan ustunlar uchun ishlatiladi.
DATE sana qiymatlarini saqlaydigan ustunlar uchun ishlatiladi.
TEXT odatda uzunligi uzun bo'lgan matnni saqlaydigan ustunlar uchun ishlatiladi. Masalan, agar siz ijtimoiy tarmoq veb-saytining profil ma'lumotlarini saqlash uchun jadval yaratsangiz, u holda men haqimda bo'limda TEXT tipidagi ustun bo'lishi mumkin va u yerda uzundan-uzoq ma'lumotlar kiritilishi mumkin.