SQL: alter so'rovi

alter so'rovi jadval tuzilmasiga o'zgartirishlar kiritish uchun ishlatiladi, misol uchun:

  • mavjud jadvalga ustun qo'shish;
  • mavjud ustunni qayta nomlash;
  • har qanday ustunning ma'lumot turini yoki uning o'lchamini o'zgartirish;
  • jadvaldan ustunni tushurib qoldirish(olib tashlash).

ALTER so'rovi: Yangi ustun qo'shish

ALTER so'rovidan foydalanib, biz mavjud jadvalga ustun qo'shishimiz mumkin, sintaksisi quyidagicha:

ALTER TABLE jadval_nomi ADD(
    ustun_nomi datatype);

Namuna:

ALTER TABLE student ADD(
    manzil VARCHAR(200)
);

Yuqoridagi so'rov varchar turidagi va 200 o'lchamdagi satr ma'lumotni saqlaydigan manzil ustunni student jadvaliga qo'shadi.

ALTER so'rovi: Bittadan ko'p yangi ustunlar qo'shish

ALTER so'rovidan foydalanib, biz mavjud jadvalga bir yoki undan ko'p ustunlarni qo'shishimiz mumkin, sintaksisi quyidagicha:

ALTER TABLE jadval_nomi ADD(
    ustun_nomi1 datatype1,
    ustun_nomi2 datatype2,
    ustun_nomi3 datatype3);

Namuna:

ALTER TABLE student ADD(
    otasini_ismi VARCHAR(60), 
    onasini_ismi VARCHAR(60), 
    tug_sana DATE); 

Yuqoridagi so'rov student jadvaliga 3ta yangi ustun qo'shmoqda.

ALTER so'rovi: Standart qiymatli ustun qo'shish

ALTER so'rovi mavjud jadvalga standart qiymatga ega bo'lgan yangi ustun qo'shishi mumkin. Ustunga hech qanday qiymat kiritilmagan bo'lsa, standart qiymat ishlatiladi. Sintaksis quyidagicha:

ALTER TABLE jadval_nomi ADD(
    ustun_nomi datatype DEFAULT qandaydir_qiymat
);

Namuna:

ALTER TABLE student ADD(
    tug_sana DATE DEFAULT '07-Jul-03'
);

Yuqoridagi buyruq(so'rov) student jadvaliga oldindan o'rnatilgan qiymatga ega bo'lgan yangi ustun qo'shadi.

ALTER so'rovi: Mavjud ustunni o'zgartirish

ALTER buyrug'i mavjud ustunning ma'lumot turini o'zgartirish uchun ham ishlatilishi mumkin bo'ladi. Sintaksisi quyidagicha:

ALTER TABLE jadval_nomi modify(
    ustun_nomi datatype
);

Namuna:

ALTER TABLE student MODIFY(
    manzil varchar(300)); 

Biz boshida manzil nomli yangi ustunni qo'shganimizni eslaysizmi? Yuqoridagi buyruq student jadvalining manzil ustunini o'zgartiradi, hozirgi paytda 300 belgidan oshmasligi kerak.

ALTER so'rovi: Ustunni qayta nomlash

ALTER buyrug'idan foydalanib, mavjud ustun nomini o'zgartirish ham mumkin. Sintaksis quyidagicha:

ALTER TABLE jadval_nomi RENAME 
    eski_ustun_nomi TO yangi_ustun_nomi;

Namuna:

ALTER TABLE student RENAME 
    manzil TO joy; 

Yuqoridagi buyruqdan foydalanib biz manzil ustun nomini joy nomiga o'zgartirdik.

ALTER so'rovi: Ustunni olib tashlash

ALTER buyrug'i ustunlarni tushurib qoldirish yoki olib tashlash uchun ham ishlatilishi mumkin. Sintaksis quyidagicha:

ALTER TABLE jadval_nomi DROP(
    ustun_nomi
);

Namuna:

ALTER TABLE student DROP(
    manzil); 

Yuqoridagi buyruq student jadvalidan manzil ustunini o'chiradi.