INSERT so'rovi

Ma'lumotlar bazasida ma'lumotlarni boshqarish uchun Ma'lumotlar Manipulyatsiyasi Tili (DML) qo'llaniladi. DML buyruqlari avtomatik bajarilmagan. Bu, DML buyrug'i bilan qilingan o'zgartirishlar ma'lumotlar bazasi uchun doimiy emas va uni orqaga qaytarish mumkinligini anglatadi.

Insert buyrug'i haqida gapiradigan bo'lsak, har safar Twitterda tvit joylashtirganimizda, matn ba'zi jadvallarda saqlanadi va biz yangi tvitni joylashtirganimizda, ushbu jadvalga yangi yozuv qo'shiladi.

INSERT buyrug'i

Jadvalga ma'lumotlarni kiritish uchun Insert buyrug'i ishlatiladi. Uning umumiy sintaksisi quyidagicha:

INSERT INTO table_name VALUES(data1, data2, ...)

Namuna siatida, quyidagi maydonlar mavjud bo'lgan student jadvalini ko'ramiz:

INSERT INTO student VALUES(101, 'Adam', 15);

Yuqoridagi buyruq student jadvaliga yangi yozuvni kiritadi.

Faqat ma'lum ustunlarga qiymat kiritish

INSERT buyrug'idan satrning faqat ma'lum ustunlariga qiymatlarni qo'shish uchun foydalanish mumkin. Biz ustun nomlarini va o'sha ustunlarga kerakli qiymatlarni kiritishimiz kerak:

INSERT INTO student(id, name) values(102, 'Alex');

Yuqoridagi SQL so'rovi yangi kiritilgan yozuvni faqat id va namega qo'shadi.

NULL qiymatni ustunga qo'shish

Quyidagi ikkala statement ham student jadvalining age ustuniga NULL qiymatini kiritadi.

INSERT INTO student(id, name) values(102, 'Alex');

yoki

INSERT INTO Student VALUES(102,'Alex', null);

Yuqoridagi buyruq qiymatlarni ustunlarga kiritadi, keyingisi qiymatlarga NULL qiymatni qo'shadi.

Ustunga standart qiymatni qo'shish

INSERT INTO Student VALUES(103,'Chris', default)

Aytaylik, bizning age ustunidagi qiymat standart 14 ga teng.

Bundan tashqari, agar siz quydagi so'rovni ishlatsangiz, u qiymat nima bo'lishidan qat'iy nazar, age ustuniga standart qiymatini qo'shadi.

INSERT INTO Student VALUES(103,'Chris')