Sintaksis

Javascript sintaksis bu javascript dasturlarini qanday yaratilishiga oid bo'lgan qoidalar to'plami hisoblanadi.

var x, y, z;       // o'zgaruvchilarni qanday e'lon qilish
x = 5; y = 6;      // qiymatlarni qanday
o'zgaruvchilarga belgilash
z = x + y;         // qiymatlarni qanday hisoblash

Javascript qiymatlar

Javascript sintaksisda 2ta qiymat turlari mavjud: O'zgarmas qiymatlar va o'zgaruvchi qiymatlar.

O'zgarmas qiymatlar literallar deb ataladi. O'zgaruvchi qiymatlar esa o'zgaruvchilar deb ataladi.


Literallar

O'zgarmas qiymatlarni yozish uchun eng muhim qoidalar:

Sonlar kasrli yoki kasrsiz yoziladi:

Satrlar bu yakka yoki qo'shtirnoq ichida yoziladigan matn:


O'zgaruvchilar

Dasturlash tilida, o'zgaruvchilar ma'lumotlar qiymatlarini saqlash uchun ishlatiladi. Javascript o'zgaruvchilarni e'lon qilish uchun var(hozirda var ko'p ishlatilmaydi, ko'pincha let kalit so'zi ishlatiladi) kalit so'zidan foydalanadi Tenglik ishorasi qiymatlarni o'zgaruvchilarga belgilash uchun ishlatiladi. Quyidagi namunada, x o'zgaruvchi sifatida belgilangan. So'ng, xga 6 qiymati belgilandi:


Operatorlar

Javascript, qiymatlarni hisoblash uchun arifmetik operator ( + - * / ) lardan foydalanadi:

Javascript qiymatlarni o'zgaruvchilarga belgilash uchun belgilash operatorlaridan foydalanadi:


Ifodalar

Ifoda bu boshqa bir qiymatni keltirib chiqaradigan, o'zgaruvchilar, operatorlar,o'zgarmaslar, funksiyalar va qiymatlar ketma-ketligi hisoblanadi. Hisoblash - baholash(evaluation) deb ataladi. Misol uchun, 5*10, 50ga baholanadi:

Ifodalar o'zgaruvchi qiymatlarni ham oz ichiga oladi:

x * 10

Qiymatlar turli xil turdagi qiymatlar bo'lishi mumkin, xuddi raqamlar va satrlar hakozo. Misol uchun, "Tutorials.uz" + " " + " bepul ta'lim platformasi":


Kalit so'zlar

Javascript kalit so'zlar bajariladigan harakatlarni aniqlash uchun ishatiladi. var(let) kalit so'zi brauzerga o'zgaruvchi yaratishni aytadi:

var x, y;
x = 5 + 6;
y = x * 10;


Izohlar

Javascript ko'rsatmalarning hammasi ham bajarilmaydi. 2ta slesh(//)dan keyingi yoki /* va */ orasidagi kod, izoh deb olinadi.

Izohlardagi kodlar rad etiladi va bajarilmaydi:

var x = 5;   // Men bajarilaman.

// var x = 6;  Men ishlamayman.
 

Identifikatorlar

Identifikatorlar bular nomlar. Javascriptda, identifikatorlar o'zgaruvchilarni(kalit so'zlar, funksiyalar va nishonlar) nomlash uchun ishlatiladi. Yuridik nomlarga oid qoidalar ko'pgina dasturlash tillarida bir xil. Javascriptda, birinchi belgi harf bo'lishi yoki tagchiziq(_) yoki dollar ishorasi($) bo'lishi kerak. Oxirgi belgilar harflar, raqamlar, tagchiziqlar yoki dollar belgisi bo'lishi mumkin.

Sonlarni birinchi belgi sifatida ishlatish mumkin emas. Shu tarzda JavaScript identifikatorlarni raqamlardan osongina ajrata oladi.


Delikatlilik(case-sensitive)

Barcha Javascript identifikatorlar delikat hisoblanadi. O'zgaruvchilar, lastName va lastname ikkita turli xil o'zgaruvchilar hisoblanadi:

var lastname, lastName;
lastName = "Doe";
lastname = "Peterson";

Javascript VAR yoki Var'ni var kalit so'zi deb interpretatsiya qilmaydi.


O'rkachli register

Avvaldan, dasturchilar bitta o'zgaruvchiga birdan ortiq so'zlarni qo'shib yozishning turli xil usullarini ishlatishgan:

Defislar:

first-name, last-name, master-card.

Defislar Javascriptda ruxsat yo'q. Ular ayiruv amali uchun ishlatiladi.

Tagchiziqlar:

first_name, last_name, master_card.

Yuqori O'rkachli Register(Upper Camel Case):

FirstName, LastName, MasterCard, InterCity.

Quyi O'rkachli Register:

Javascript dasturchilari asosan shu usuldan foydalanishadi:

firstName, lastName, masterCard.

 


Mavzular ro'yhati

Javascript kirish Javascriptda ishlash Javascriptni brauzerlarda yoqish Javascript fayl joylashuvlari Ma'lumotlarni ekranga chiqarish Ko'rsatmalar Sintaksis Kirish Dasturlash muhitini o'rnatish va sozlash. Ilk JavaScript kodimiz O'zgaruvchilar va konstantalar O'zgaruvchilarning turlari va primitiv turlar haqida Object'lar haqida Massivlar haqida Funktsiyalar bilan tanishamiz Arifmetik Operatorlar Solishtiruv va tenglik operatorlari Ternary shartli operatori haqida 1-qism. Mantiqiy operatorlar 2-qism. Mantiqiy operatorlar Amaliy mashg'ulot 1 if else haqida switch case haqida for loop haqida while va do...while haqida break va continue ko'rsatmalari haqida for-in va for-of loop'lari haqida Amaliy mashg'ulot 2 FizzBuzz algoritmini yozamiz Amaliy mashg'ulot 3 Amaliy mashg'ulot 4 Amaliy mashg'ulot 5 Amaliy mashg'ulot 6 Yangi obyekt tuzish Yangi obyekt tuzish (konstruktor funktsiyasi yordamida) constructor xossasi Funksiya ham obyekt Value va Reference type'lar haqida batafsil Obyektning xossalarini sikllash Obyektdan klon olish Xotira boshqaruvi Math va String obyektlari haqida Amaliy mashg'ulot 7 To'plamga yangi element qo'shish, o'chirish va undan izlash To'plamlarni birlashtirish va ajratish To'plamlarni tartiblash To'plamlarning every, some va filter metodlari haqida map() metodi va metodlarni ketma-ket chaqirish (chaining) reduce() metodi haqida Amaliy mashg'ulot 8 Amaliy mashg'ulot 9 Amaliy mashg'ulot 10 Amaliy mashg'ulot 11 Funktsiyani yozish usullari Funktsiyalarning parametrlari haqida getter va setter metodlari Xatolarni boshqarish va try-catch Mahalliy va global o'zgaruvchilar let va var orasidagi farq "this" haqida batafsil "Promise"lar haqida Amaliy mashg'ulot 12 JavaScript'da DOM bilan ishlash Callback tushunchasi async\await