Ma'lumotlarni ekranga chiqarish
Javascriptda natijalarni erkanga chiqarish namunalari
Javascript ma'lumotni turli xil yo'llar bilan:
- HTML element ichida yozish orqali, innerHTML dan foydalanib.
- HTMl element ichida yozilgan ma'lumotni chiqarishda,
document.write()
dan foydalanib. - alert qutisining ichida yozish orqali,
window.alert()
dan foydalanib. - Brauzer konsoliga yozish orqali,
console.log()
dan foydalanib ekranga "chop" etish mumkin.
innerHTML dan foydalanish
HTML elementiga ma'lumot kirgizish uchun, Javascriptda document.getElementById(id)
metod ishlatiladi. id atributi HTML elementni ifodalaydi. innerHTML xossasi esa HTML elementiga kirgiziladigan ma'lumot maydonchasini ifodalaydi.
<!DOCTYPE html>
<html>
<body>
<h1>My First Web Page</h1>
<p>My First Paragraph</p>
<p id="demo"></p>
<script>
document.getElementById("demo").innerHTML = 5 + 6;
</script>
</body>
</html>
HTML elementining innerHTML xossasini o'zgartirish, HTML da ma'lumotni ekranda aks ettirishning odatiy usuli hisoblanadi.
document.write() dan foydalanish
Ekranga natijani sinov tariqasida chiqarish uchun document.write() metodi qulay hisoblanadi:
<!DOCTYPE html>
<html>
<body>
<h1>My First Web Page</h1>
<p>My first paragraph.</p>
<script>
document.write(5 + 6);
</script>
</body>
</html>
document.write() metodi HTML dokument yuklangandan keyin ishlatilsa, barcha mavjud HTML ni o'chirib yuboradi:
<!DOCTYPE html>
<html>
<body>
<h1>My First Web Page</h1>
<p>My first paragraph.</p>
<button type="button" onclick="document.write(5 + 6)">Try it</button>
</body>
</html>
document.write() metodi faqat natijani sinab ko'rish uchun ishlatilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.
window.alert() dan foydalanish
Alert box - o'zbekcha "ogohlanturuv oynasi" deb tarjima qilinadi. Maslahatimiz, atamalarning o'zbekchasini eslab qolishdan ko'ra, inglizchasini eslab qolganingiz foydali bo'ladi. Ogohlanturuv oynasiga ma'lumotni chiqarishda, alert box ni ishlatamiz:
<!DOCTYPE html>
<html>
<body>
<h1>My First Web Page</h1>
<p>My first paragraph.</p>
<script>
window.alert(5 + 6);
</script>
</body>
</html>
console.log() dan foydalanish
Xatoliklarni bartaraf etish(inglizcha - debugging) maqsadida biz console.log() metodidan foydalanib ma'lumotni chiqaramiz:
<!DOCTYPE html>
<html>
<body>
<script>
console.log(5 + 6);
</script>
</body>
</html>
Mavzular ro'yhati