Javascriptni brauzerlarda yoqish

Hozirgi barcha zamonaviy brauzerlar Javascriptni qo'llab-quvvatlashadi. Ba'zida bu xususiyatni qo'lda o'chirish va yoqish kerak bo'lib qoladi. Bu darsimiz sizga Internet Explorer, Firefox, Google Chrome va Opera kabi brauzerlaringizda Javascriptni o'chirish va yoqish protsedurasini tushuntirishdan iborat.

Internet Explorerda Javascript

Internet Explorer brauzeringizda Javascriptni o'chirish va yoqish uchun quyidagi qadamlarni bajarishingiz kerak bo'ladi:

  • Menyulardan Tools -> Internet Options bandni tanlang.
  • Dialog qismida Security yorlig'ini tanlang.
  • Custom Level tugmasini bosing.
  • Scripting variantini topmaguningizcha pastga tushasiz
  • Active scripting pastida Enable radio tugmasini bosing.
  • Va nihoyat OK tugmasini bosing va chiqing.

IE brauzerda Javascriptni o'chirish uchun, siz Active scriptingni pastidagi Disable radio tugmasini bosishigniz kerak bo'ladi.

Firefoxda javascript

Firefox brauzeringizda Javascriptni o'chirish va yoqish uchun quyidagi qadamlarni bajarishingiz kerak bo'ladi:

  • Yangi yorliq(vkladka) yarating va about:config ni manzil yozadigan qismga kiriting.

  • Keyin siz ogohlantirish dialogini ko'rasiz va I'll be careful, I promise! tanlang.
  • Keyin brauzeringizda Configure options ro'yhatini tanlang.
  • Qidirish qismida, javascript.enabled ni yozing.
  • U yerda Select toggle ga o'ng mishkani bosishingiz orqali javascriptni o'chirish yoki yoqish sozlovlarini topasiz.

Agar javascript.enabled to'g'ri bo'lsa, u toggle ni bosishingiz bilan false ga aylanib qoladi. Agar javascript o'chirilgan bo'lsa, toggle bosilsa yoqiladi.

Chromeda Javascript

Google Chrome brauzeringizda Javascriptni o'chirish va yoqish uchun quyidagi qadamlarni bajarishingiz kerak bo'ladi:

  • Bruazeringizning o'ng qo'l burchagida menyularga o'ting.
  • Settings bosing.
  • Sahifaning oxirgi tomonida Show advanced settings ni bosing.
  • Privacy qismini tagida, Content settings tugmasini bosing.
  • Javascript qismida, "Do not allow any site to run Javascript" yoki "Allow all sites to run Javascript(recommended)" ni tanlang.

Opera brauzeringizda Javascriptni o'chirish va yoqish uchun quyidagi qadamlarni bajarishingiz kerak bo'ladi:

  • Menyulardan Tools->Preferences ga o'ting.
  • Dialog boksdan Advanced variantni tanlang.
  • Keltirilgan punktlardan Content ni tanlang.
  • Enable javascript belgilash katakchasini tanlang.
  • Nihoyat, OK tugmasini bosing va chiqing.

Javascriptni qo'llamaydigan brauzerlarda ogohlantirish

Agar Javascriptda qandaydir muhim jarayonni amalga oshirmoqchi bo'lsangiz, unda siz <noscript> teglaridan foydalanish orqali foydalanuvchiga ogohlantirish xabarini namoyish etishingiz mumkin.

Skript bloklaridan keyin nonscript blokini qo'shishingiz kerak -

<html>
   <body>
      <script language = "javascript" type = "text/javascript">
         <!--
            document.write("Salom, dunyo!")
         //-->
      </script>
      
      <noscript>
         Afsus... Brauzeringiz Javascriptni qo'llamaydi.
      </noscript>      
   </body>
</html>

Endi, agar foydalanuvchi brauzeri Javascriptni qo'llamaydigan bo'lsa yoki Javascript yoqilmagan bo'lsa, keyin </noscript> dagi xabar ekranga chiqadi va foydalanuvchi buni anglab yetadi.


Mavzular ro'yhati

Javascript kirish Javascriptda ishlash Javascriptni brauzerlarda yoqish Javascript fayl joylashuvlari Ma'lumotlarni ekranga chiqarish Ko'rsatmalar Sintaksis Kirish Dasturlash muhitini o'rnatish va sozlash. Ilk JavaScript kodimiz O'zgaruvchilar va konstantalar O'zgaruvchilarning turlari va primitiv turlar haqida Object'lar haqida Massivlar haqida Funktsiyalar bilan tanishamiz Arifmetik Operatorlar Solishtiruv va tenglik operatorlari Ternary shartli operatori haqida 1-qism. Mantiqiy operatorlar 2-qism. Mantiqiy operatorlar Amaliy mashg'ulot 1 if else haqida switch case haqida for loop haqida while va do...while haqida break va continue ko'rsatmalari haqida for-in va for-of loop'lari haqida Amaliy mashg'ulot 2 FizzBuzz algoritmini yozamiz Amaliy mashg'ulot 3 Amaliy mashg'ulot 4 Amaliy mashg'ulot 5 Amaliy mashg'ulot 6 Yangi obyekt tuzish Yangi obyekt tuzish (konstruktor funktsiyasi yordamida) constructor xossasi Funksiya ham obyekt Value va Reference type'lar haqida batafsil Obyektning xossalarini sikllash Obyektdan klon olish Xotira boshqaruvi Math va String obyektlari haqida Amaliy mashg'ulot 7 To'plamga yangi element qo'shish, o'chirish va undan izlash To'plamlarni birlashtirish va ajratish To'plamlarni tartiblash To'plamlarning every, some va filter metodlari haqida map() metodi va metodlarni ketma-ket chaqirish (chaining) reduce() metodi haqida Amaliy mashg'ulot 8 Amaliy mashg'ulot 9 Amaliy mashg'ulot 10 Amaliy mashg'ulot 11 Funktsiyani yozish usullari Funktsiyalarning parametrlari haqida getter va setter metodlari Xatolarni boshqarish va try-catch Mahalliy va global o'zgaruvchilar let va var orasidagi farq "this" haqida batafsil "Promise"lar haqida Amaliy mashg'ulot 12 JavaScript'da DOM bilan ishlash Callback tushunchasi async\await Javascript dasturlash tili boʻyicha oʻzbek tilidagi kitob