Javascriptda ishlash

Ko'pchilik Javascript-ni haqiqiy dasturlash tili deb hisoblashmaydi sababi u ham front-end va back-endda ham ishlaydi, ya'ni u bilan ajoyib ilovalar yaratishingiz mumkin.

Dunyoda yuzlab dasturlash tillari mavjud, ammo Javascriptni tanlashimizga yetarlicha sabablari ham mavjud. Misol uchun, Javascriptni boshqa dasturlash tillariga qaraganda o'rganish osonroq va qolgan dasturlash tillari kabi javascript dasturlash tiliga oshiqcha kompilyatsiya qiluvchi dasturlar kerak emas. Har doimgi ishlatadigan brauzerlarimiz: Internet Explorer, Google Chrome, Edge, Mozilla, Opera kabilar orqali yozgan kod parchamizni tekshirib, natijani olishimiz mumkin bo'ladi.

Javascriptda birinchi ishimiz

Google Chrome(www.google.com/chrome) yordamida oddiy kichik javascript dasturimizni yaratib ko'ramiz. Chrome-ni kompyuteringizga o'rnatib, sayt manzili kiritiladigan qatorga about:blank yozuvini kiriting. Endi ENTER tugmasini bosing va bo'm-bo'sh sahifa ochiladi.

Agar konsolda kod ko'rsangiz, ENTER ni bosing yangi satrdan, sizning kodingiz namoyish etiladi. Masalan, konsolga mana shuni kiriting:

3 + 4;

Endi ENTER ni bosing. Javascript yig'indi natijasini konsolda chiqaradi:

3 + 4;

7

Ko'rganingizdek, hech qanday qiyin joyi yo'q. Ammo Javascript - murakkab hisoblashdan tashqari ko'proq narsalarni ham bajaradi. Keling yana nimanidir ko'rib chiqamiz:

Javascript dasturi tuzilishi

Keling, bir Javascript dastur yozamiz ya'ni mushukcha yuzli yapon smaylikini.

=^.^=

Biz boshlagan oddiy qo'shimchadan farqli o'laroq, ushbu dastur bir nechta qatorlarni band qiladi. Uni konsolga kiritish uchun SHIFT-Enter tugmachasini bosib har bir satr oxirida yangi qatorga o'tish kerak. (Agar siz Enter tugmasini bosgan bo'lsangiz, Chrome siz allaqachon kiritgan buyruqlarni bajarishga harakat qiladi va dastur to'g'ri ishlamaydi)

Brauzer konsoliga kiriting:

// xohlaganimizcha mushukchalarni chizamiz

var drawCats = function (howManyTimes) {

for (var i = 0; i < howManyTimes; i++) {

console.log(i + " =^.^=");

}

};

drawCats(10); // buni o'rniga boshqa son bo'lishi mumkin

Satrni oxirida ENTER ni bosing, Shift-Enter ni emas. Dastur quyidagi natijani chiqaradi:

0 =^.^=

1 =^.^=

2 =^.^=

3 =^.^=

4 =^.^=

5 =^.^=

6 =^.^=

7 =^.^=

8 =^.^=

9 =^.^=

Agar dasturimizni qayeridadir xatolik bo'lsa, xatolik to'g'risidagi xabar chiqadi. Aytmoqchimanki, kompyuterlar biz undan nimani talab qilayotganimizni mukammal dastur orqali ifodalaymiz va uni tushunishadi va javob qaytaradi.

Sintaksis

Dasturimizda ko'pgina turli belgilar mavjud: nuqtali vergul(;), qavslar(), jingalak qavslar({}), qo'shuv belgisi(+) va shuningdek, birinchi ko'zga tashlangan so'zlar(var, let) kabilar.

Bularni barchasi Javascript sintaksis qismi - ya'ni, ishlaydigan dasturni yaratish uchun belgilar va so'zlarni qanday qilib birlashtirishni ko'rsatadigan qoidalar majmuidir.

Dasturlashni o'rganishda qiyinchiliklardan biri bu buyruqlarni berish qoidasini esda tutish. Hozir o'rganish davrida, qavslarni qoldirib ketishingiz yoki vergul nuqtali, yoki qiymatlarni kiritishda chalkashishlarga duch kelishingiz mumkin. Biroq havotir olmang, hammasi oldinda, o'rganish mobaynida tajribangiz ortadi.

Izohlar

Dasturimizni birinchi qatorida yozilgan satr:

// xohlaganimizcha mushukchalarni chizamiz

Bu izoh deb ataladi. Dasturchi izohlarni nima uchun yozadi? Sababi dasturingizni hozir yozayapsiz va tushunyapsiz ammo keyinchalik yillar o'tib, dasturingizni ko'rib chiqishda tushunmay qolishingiz mumkin. Mana shunday holatlarni oldini olish uchun izohlar yordamga keladi. Har bir kod qismini yozayotganimizda o'sha kod nimani bajarishini izohlab ketsak, o'zimizga keyinchalik katta naf keltiradi, vaqtimizni tejaydi.

Biz yozayotgan yaxlit kodimizni izohlashimiz(1), bitta qatorli kodni izohlashimiz(2), bitta qatorli kodni ish faoliyatini to'xtatib turishimiz(3) mumkin. Ya'ni:

2 - ta'rifga misol:

drawCats(10); // buni o'rniga boshqa son bo'lishi mumkin

3 - ta'rifga misol:

//drawCats(10);

3-ta'rifda mana shu kodimiz bajarilmaydi.

1 - ta'rifga misol:

/* Bu yerda

yaxlit kodlarimiz

joylashgandir

*/


Mavzular ro'yhati

Javascript kirish Javascriptda ishlash Javascriptni brauzerlarda yoqish Javascript fayl joylashuvlari Ma'lumotlarni ekranga chiqarish Ko'rsatmalar Sintaksis Kirish Dasturlash muhitini o'rnatish va sozlash. Ilk JavaScript kodimiz O'zgaruvchilar va konstantalar O'zgaruvchilarning turlari va primitiv turlar haqida Object'lar haqida Massivlar haqida Funktsiyalar bilan tanishamiz Arifmetik Operatorlar Solishtiruv va tenglik operatorlari Ternary shartli operatori haqida 1-qism. Mantiqiy operatorlar 2-qism. Mantiqiy operatorlar Amaliy mashg'ulot 1 if else haqida switch case haqida for loop haqida while va do...while haqida break va continue ko'rsatmalari haqida for-in va for-of loop'lari haqida Amaliy mashg'ulot 2 FizzBuzz algoritmini yozamiz Amaliy mashg'ulot 3 Amaliy mashg'ulot 4 Amaliy mashg'ulot 5 Amaliy mashg'ulot 6 Yangi obyekt tuzish Yangi obyekt tuzish (konstruktor funktsiyasi yordamida) constructor xossasi Funksiya ham obyekt Value va Reference type'lar haqida batafsil Obyektning xossalarini sikllash Obyektdan klon olish Xotira boshqaruvi Math va String obyektlari haqida Amaliy mashg'ulot 7 To'plamga yangi element qo'shish, o'chirish va undan izlash To'plamlarni birlashtirish va ajratish To'plamlarni tartiblash To'plamlarning every, some va filter metodlari haqida map() metodi va metodlarni ketma-ket chaqirish (chaining) reduce() metodi haqida Amaliy mashg'ulot 8 Amaliy mashg'ulot 9 Amaliy mashg'ulot 10 Amaliy mashg'ulot 11 Funktsiyani yozish usullari Funktsiyalarning parametrlari haqida getter va setter metodlari Xatolarni boshqarish va try-catch Mahalliy va global o'zgaruvchilar let va var orasidagi farq "this" haqida batafsil "Promise"lar haqida Amaliy mashg'ulot 12 JavaScript'da DOM bilan ishlash Callback tushunchasi async\await