Javascript kirish

JavaScript bu foydalanuvchi tomonida brauzer yordamida bajariladigan dasturlash tili. Bu sizga veb-sahifa elementlarini boshqarish, ya'ni ularning xususiyatlarini va joylashishini o'zgartirish, sichqonchani siljitish yoki klaviaturani bosish kabi hodisalarga(events) munosabat bildirish va boshqa ko'plab qiziqarli effektlarni yaratishga imkon beradi.

JavaScript ko'pincha JS nomiga qisqartirilib, bu turli xil freymvork nomlarida (Node.js, Ember.js) va JavaScript kodli fayllarning kengaytmasida ishlatiladi.

Nom sifatida Javascript ro'yhatdan o'tgan savdo belgisi hisoblanadi va ORACLE kompaniyasiga tegishli.

JavaScript 1995-yil 4-dekabrda paydo bo'lgan, o'sha kuni til o'z nomini olgan. Bundan oldin u LiveScript deb nomlangan va Netscape Communications va Sun Microsystems tomonidan birgalikda elementlarni boshqarish va veb-resurslarning tarkibiy qismlari - rasmlar, plaginlar, Java dasturlari va veb-sahifalarni yaratishda ishlatiladigan boshqa elementlarning o'zaro ta'sirini ta'minlash uchun yaratilgan.

JavaScript-da C tiliga o'xshash sintaksis mavjud, ammo unda bir qator katta ahamiyatga ega farqlar mavjud:

- Obyektlar bilan ishlash imkoniyati, shu jumladan dasturni bajarish paytida obyektning turini va tuzilishini aniqlash.

- Funksiyalarni parametrlar sifatida uzatish va qaytarish(return), shuningdek ularni o'zgaruvchiga belgilash imkoniyati.

- Avtomatik turni solishtirish mexanizmining mavjudligi.

- Anonim funksiyalardan foydalanish.

Ko'pgina foydali Javascript freymvork va kutubxonalar:

  • Angular
  • React
  • jQuery
  • Vue.js
  • Ext.js
  • Ember.js
  • Meteor
  • Mithril
  • Node.js
  • Polymer
  • Aurelia
  • Backbone.js

To'liq freymvorklar ro'yhatini keltirishni iloji yo'q, sababi Javascript bu katta dunyo va bu dunyoda va boshqa ko'p yangiliklar sodir bo'lib kelmoqda.

Javascript dasturlash ilovalari

Avvalroq ta'kidlaganimizdek, Javascript dasturlash tillari orasida keng ishlatilayotganlaridan biri hisobalanadi(Front-end va Back-end-da ham). Uning dasturiy ta'minotni ishlab chiqish sohasining deyarli har bir javhasida mavjud, ulardan birlari:

  • Mijoz tomonni tekshirish - har qanday foydalanuvchini kiritayotgan kiruvchi ma'lumotlarni serverga yuborishda uni tekshirish juda muhim va bunda front-end qismni o'zida ma'lumotni tekshirishda Javascript muhim rol o'ynaydi.
  • HTML sahifalarni boshqarish - HTML sahifasini tezkor boshqarishda yordam beradi. Bu sizga har qanday HTML teglarni Javascript yordamida osongina qo'shish va o'chirish, HTML sahifangizni turli qurilmalaridagi ko'rinishini o'zgartirishingiz mumkin.
  • Foydalanuvchi bildirishnomalari - saytingiz kuzatuvchilariga qandaydir bildirishnomalarni ko'rsatishingiz mumkin.
  • Ma'lumotlarni yuklash - Javascript sizga boshqa jarayonlar bilan shug'ullanayotganingizda ma'lumotlarni yuklashda Ajax kutubxonalari bilan t'aminlaydi.
  • Namoyishlar(prezentatsiya) - Javascript saytingizni ko'rinishini namoyishlar yaratish orqali ko'rkiga ko'rk qo'shish imkonini beradi.
  •  

Mavzular ro'yhati

Javascript kirish Javascriptda ishlash Javascriptni brauzerlarda yoqish Javascript fayl joylashuvlari Ma'lumotlarni ekranga chiqarish Ko'rsatmalar Sintaksis Kirish Dasturlash muhitini o'rnatish va sozlash. Ilk JavaScript kodimiz O'zgaruvchilar va konstantalar O'zgaruvchilarning turlari va primitiv turlar haqida Object'lar haqida Massivlar haqida Funktsiyalar bilan tanishamiz Arifmetik Operatorlar Solishtiruv va tenglik operatorlari Ternary shartli operatori haqida 1-qism. Mantiqiy operatorlar 2-qism. Mantiqiy operatorlar Amaliy mashg'ulot 1 if else haqida switch case haqida for loop haqida while va do...while haqida break va continue ko'rsatmalari haqida for-in va for-of loop'lari haqida Amaliy mashg'ulot 2 FizzBuzz algoritmini yozamiz Amaliy mashg'ulot 3 Amaliy mashg'ulot 4 Amaliy mashg'ulot 5 Amaliy mashg'ulot 6 Yangi obyekt tuzish Yangi obyekt tuzish (konstruktor funktsiyasi yordamida) constructor xossasi Funksiya ham obyekt Value va Reference type'lar haqida batafsil Obyektning xossalarini sikllash Obyektdan klon olish Xotira boshqaruvi Math va String obyektlari haqida Amaliy mashg'ulot 7 To'plamga yangi element qo'shish, o'chirish va undan izlash To'plamlarni birlashtirish va ajratish To'plamlarni tartiblash To'plamlarning every, some va filter metodlari haqida map() metodi va metodlarni ketma-ket chaqirish (chaining) reduce() metodi haqida Amaliy mashg'ulot 8 Amaliy mashg'ulot 9 Amaliy mashg'ulot 10 Amaliy mashg'ulot 11 Funktsiyani yozish usullari Funktsiyalarning parametrlari haqida getter va setter metodlari Xatolarni boshqarish va try-catch Mahalliy va global o'zgaruvchilar let va var orasidagi farq "this" haqida batafsil "Promise"lar haqida Amaliy mashg'ulot 12 JavaScript'da DOM bilan ishlash Callback tushunchasi async\await Javascript dasturlash tili boʻyicha oʻzbek tilidagi kitob