Javascript fayl joylashuvlari

<script> tegi

HTML-da, Javascript kodlar <script va </script> teglari orasida joylashishi shart.

<!DOCTYPE html>
<html>
<body>

<h2>JavaScript in Body</h2>

<p id="demo"></p>

<script>
document.getElementById("demo").innerHTML = "Mening birinchi Javascript kodim";
</script>

</body>
</html>

Eski Javascript namunalarida type atributi ishlatilgan bo'lishi mumkin: <script type="text/javascript">. type atributini yozish shart emas. Javascript HTML-da standart skriptlash tili hisoblanadi.


Javascript funksiyalar va hodisalar(events)

Javascript funksiyasi Javascript kod bloki hisoblanib, u chaqirilgandagina ishga tushadi. Misol uchun, funksiya qachonki hodisa(aytaylik: sichqoncha tugmani bosdi) ro'y berganda chaqirilishi mumkin.

Funksiyalar va hodisalar haqida keyingi darslarimizda ko'proq ma'lumotga ega bo'lasiz.

Javascript <head> yoki <body> ichida

Bir qancha skriptlarni HTML hujjatga joylashingiz mumkin. Skriptlar, HTML sahifaning <body> yoki <head> qismlarining birida yoki ikkovida joylashishi mumkin.

Javascript <head> ichida

Quyidagi namunada, Javascript funksiya HTML sahifaning <head> qismida joylashgan.

Tugma bosilganda funksiya chaqiriladi:

<!DOCTYPE html>
<html>

<head>
<script>
function myFunction() {
  document.getElementById("demo").innerHTML = "Paragraf o'zgartirildi.";
}
</script>
</head>
<body>

<h1>Veb sahifa</h1>
<p id="demo">Paragraf</p>
<button type="button" onclick="myFunction()">Try it</button>

</body>
</html>

Javascript <body> ichida

Quyidagi namunada, Javascript funksiya HTML sahifaning <body> qismida joylashgan.

Tugma bosilganda funksiya chaqiriladi:

<!DOCTYPE html>
<html>
<body>

<h1>A Web Page</h1>
<p id="demo">A Paragraph</p>
<button type="button" onclick="myFunction()">Try it</button>

<script>
function myFunction() {
 document.getElementById("demo").innerHTML = "Paragraph changed.";
}
</script>

</body>
</html>

Skriptlar <body> tegining oxiriga joylashtirilsa, sahifa ochilish tezligi oshadi, sababi skript interpretatsiyasi sahifani ochish tezligi pasaytiradi. Ya'ni, body qismga yozsak, avval headdagi stillar chaqiriladi, bunda veb sahifa to'liq ko'rinishi ochilgandan so'ng, javascript fayllar yuklanadi.

Eksternal(tashqi) Javascript

Skriptlar eksternal(tashqi ) fayllarda ham joylashishi mumkin:

Eksternal fayl: myScript.js

function myFunction() {
 document.getElementById("demo").innerHTML = "Paragraf o'zgartirildi.";
}
Eksternal skriptlar ko'pgina turli xil veb sahifalarda bir xil kod ishlatilganda amalda qo'llaniladi. Javascript fayllarida .js kengaytma nomi mavjud.
Eksternal skriptni ishlatish uchun, <script> tegining src(source: manba) atributiga skript fayl nomini joylash kifoya:
<script src="myScript.js"></script>

Istasangiz, eksternal skript havolalarni <head> yoki <body> ichiga joylashingiz mumkin.

Eksternal skript fayllarida <script> teglari ishlatilmaydi. Faqatgina javascript kodini yozish kifoya.

Eksternal Javascript fayllarni ulashning afzalliklari

Skriptlarni tashqi fayllarda saqlashning ba'zi afzallik tomonlari mavjud:

  • Bu HTML va skriptni bir-biridan ajratib turadi
  • Bu HTML va Javascriptni o'qishni va saqlashni osonlashtiradi.
  • Keshlangan Javascript fayllari sahifa yuklanish tezligini oshiradi.

Bitta sahifaga turli xil skript fayllarni qo'shish uchun - bir nechta skript teglardan foydalaning:

<script src="myScript1.js"></script>
<script src="myScript2.js"></script>
 

Eksternal havolalar

Eksternal skriptlarga to'liq URL manzil orqali yoki joriy veb sahifaga nisbiy manzil orqali havola qilinishi mumkin.
Skriptga to'liq URL manzilni ishlatish:
<script src="https://www.tutorials.uz/js/myScript1.js"></script>
 
Bu namunada esa, joriy veb sahifada mavjud bo'lgan papkada joylashgan skript manzili qo'llaniladi:
<script src="/js/myScript1.js"></script>
 

 


Mavzular ro'yhati

Javascript kirish Javascriptda ishlash Javascriptni brauzerlarda yoqish Javascript fayl joylashuvlari Ma'lumotlarni ekranga chiqarish Ko'rsatmalar Sintaksis Kirish Dasturlash muhitini o'rnatish va sozlash. Ilk JavaScript kodimiz O'zgaruvchilar va konstantalar O'zgaruvchilarning turlari va primitiv turlar haqida Object'lar haqida Massivlar haqida Funktsiyalar bilan tanishamiz Arifmetik Operatorlar Solishtiruv va tenglik operatorlari Ternary shartli operatori haqida 1-qism. Mantiqiy operatorlar 2-qism. Mantiqiy operatorlar Amaliy mashg'ulot 1 if else haqida switch case haqida for loop haqida while va do...while haqida break va continue ko'rsatmalari haqida for-in va for-of loop'lari haqida Amaliy mashg'ulot 2 FizzBuzz algoritmini yozamiz Amaliy mashg'ulot 3 Amaliy mashg'ulot 4 Amaliy mashg'ulot 5 Amaliy mashg'ulot 6 Yangi obyekt tuzish Yangi obyekt tuzish (konstruktor funktsiyasi yordamida) constructor xossasi Funksiya ham obyekt Value va Reference type'lar haqida batafsil Obyektning xossalarini sikllash Obyektdan klon olish Xotira boshqaruvi Math va String obyektlari haqida Amaliy mashg'ulot 7 To'plamga yangi element qo'shish, o'chirish va undan izlash To'plamlarni birlashtirish va ajratish To'plamlarni tartiblash To'plamlarning every, some va filter metodlari haqida map() metodi va metodlarni ketma-ket chaqirish (chaining) reduce() metodi haqida Amaliy mashg'ulot 8 Amaliy mashg'ulot 9 Amaliy mashg'ulot 10 Amaliy mashg'ulot 11 Funktsiyani yozish usullari Funktsiyalarning parametrlari haqida getter va setter metodlari Xatolarni boshqarish va try-catch Mahalliy va global o'zgaruvchilar let va var orasidagi farq "this" haqida batafsil "Promise"lar haqida Amaliy mashg'ulot 12 JavaScript'da DOM bilan ishlash Callback tushunchasi async\await Javascript dasturlash tili boʻyicha oʻzbek tilidagi kitob