Java yoxud Oak tarixi

Java-ning tarixi juda qiziqarli. Dastlab, Java interaktiv televideniya uchun mo'ljallangan, ammo o'sha paytda raqamli kabel televideniesi sanoati uchun juda ilg'or texnologiyalar edi. Java-ning tarixi "Green Team" bilan boshalanadi. Java jamoasi a'zolari(Green Team sifatida tanilgan) bu loyihani tilni raqamli qurilmalar uchun rivojlantirish (shu jumladan pristavkalar, televidiniya va h.k) uchun boshlashgan. Biroq, u internet dasturlash uchun mos kelardi. Keyinchalik, 1995-yilda Java texnologiyasi Netscape tarkibiga kiritilgan.

Java dasturlash tilining yaratishdagi asosiy tamoyillari "Oddiy, Mustahkam, Ixcham, Mustahkam Platformali, Ximoyalangan, Yuqori ishlash faoliyati, Ko'p qatorli, Arxtitektur Neytral, Obytektga yo'naltirilgan, Interpreted(talqin qilingan) va Dinamik" edi.

Ayni vaqtda, Java internet dasturlashda, mobil qurilmalarda, o'yinlarda, e-biznes-da ishlatiladi. Bu yerda Java-ning tarixini yoritib beruvchi ahamiyatli bandlar keltirilgan:

  1. Jeyms Gosling, Mayk Sheridan va Patrik Nouton 1991-yil iyun oyida Java tili loyihasini boshlashgan. "Sun" injinerlarning kichik jamoasi "Green Team" deb atalgan.
  2. Dastlab, Java - pristavkalarga o'xshagan elektron texnikalaridagi kichik, ichki o'rnatilgan tizimlar uchun mo'ljallangan edi.
  3. Birinchi u Jeyms Gosling tomonidan "Greentalk" deb nomlangan va fayl kengaytmasi .gt bo'lgan.
  4. Bundan keyin u OAK deb nomlangan va Green loyihani bir qismi sifatida rivojlantirilgan.

Nimaga Java "Oak" deb nomlangan?

5. Nima uchun Oak? Oak - quvvat timsoli va A.Q.SH, Fransiya, Germaniya, Ruminiya kabi ko'plab davlatlarning milliy daraxti sifatida tanlangan.

6. 1995-yilda Oak "Java" deb qayta nomlangan. Chunki u Oak texnoligiyalarining allaqachon savdo belgisiga aylangan edi.

Nima uchun Java Programming "Java" deb nomlandi?

7. Nima uchun ular java tili uchun java nomini tanlashdi? Jamoa yangi nom tanlashga qaror qilishdi. Taklif qilingan so'zlar "dinamik", "inqilobchi", "ipak", "Turtki", "DNA" va h.k lar edi. Ular bu texnologiyani mohiyatini aks ettiradigan qandaydir so'zni ahtarishar edi: inqilobchi, dinamik, jonli, sovuq, antiqa va bular hammasi aytishga oson, shuningdek kulguli ham edi.

Jeyms Goslingga ko'ra, "Java - ipak nomi bilan birga eng yaxshi tanlovlardan biri." -dedi. Java juda noyob bo'lgani uchun, jamoa a'zolarining ko'pchiligi boshqa nomlardan ko'ra JAVA ni ma'qullashdi.

8. Java - Indoneziya oroli bo'lib u yerda birinchi kofe(java kofe deb nomlangan) ishlab chiqarilgan.

9. Shuni yodda tuting, Java shunchaki nom, qisqartma emas.

10. Dastlab, Java Sun Microsystems-da ishlovchi Jeyms Gosling tomonidan rivojlantirilgan va 1995-yilda chiqarilgan edi.

11. 1995-yilda, Time gazetasi "Java 1995-yilning eng yaxshi 10ta mahsulotlardan biri" degan maqola chop etdi.

12. JDK 1.0 versiyasi 1996-yil, 23-yanvarda chiqarilgan.

Java versiyalari tarixi

Hozirga qadar java-ning ko'plab talqinlari chiqarilgan. Ayni damda Java-ning barqaror versiyasi - Java SE 10 hisoblanadi.

  1. JDK Alpha va Beta (1995)
  2. JDK 1.0 (23-Yan 1996)
  3. JDK 1.1 (19-Fev 1997)
  4. J2SE 1.2 (8-Dek 1998)
  5. J2SE 1.3 (8-May 2000)
  6. J2SE 1.4 (6-Fev 2002)
  7. J2SE 5.0 (30-Sent 2004)
  8. Java SE 6 (11-Dek 2006)
  9. Java SE 7 (28-Iyul 2011)
  10. Java SE 8 (18-Mart 2014)
  11. Java SE 9 (21-Sent 2017)
  12. Java SE 10 (20-Nart 2018)

Qo'shimcha ma'lumotlar

Javaning birinchi talqini Sun Microsystems tomonidan Java 1.0 ommaga 1996-yil chiqarilgan. U tez vaqt ichida katta dasturchilar jamoasiga erishdi. Sun Microsystems Oracle Corporation tomonidan 2009 yilda sotib olingan. Endi Oracle Java-ning huquqlariga va xususiyatlarini rivojlantirishga ega.

Java-ning foydali tomonlari

Nima uchun hozirda dasturlash tillarida Java eng yaxshi tanlov? Hozirda Java dunyodagi birinchi o'rindagi rivojlanish platformasi(2015-yil). 2019-yilgi ma'lumotga ko'ra Java 10talikka kiradi. U hamma joyda ishlatilad - desktop(ish stoli) da, mobil qurimalarida, korxona serverlarida... hatto sizning DVD pleyringiz ham Java-ni ishga tushiroladi. Agar hali ham ishonmayotgan bo'lsangiz, ba'zi qiziqarli statistikalarni quyida ko'rishingiz mumkin(Oracle timeline-dan olingan):

  1. Java - dunyo bo'yicha ~8 milliondan ortiq dasturchilar tomonidan ishlatiladi.
  2. Yiliga 1 mlrdan ortiq yuklashlar
  3. 3 mlr qurilmalar Java-da yuritiladi.
  4. 97% korxona desktop -lari Java-da yuritiladi.

Nima uchun Java-ni foydalanish kerak?

  1. Java o'rganish uchun oson - u C/C++ ga o'xshash sintaksisga ega bo'lish uchun yaratilgan. Harkim uni o'rganishi mumkin. Sizga universitet darajasi yoki qimmat kurslar kerak emas shunchaki mana shu darslarimizni o'qishni davom eting va qisqa vaqtda o'rganib olasiz.
  2. Java xavfsiz - Java dasturlar istisnolar keltirib chiqaradi, bu haqida keyinroq bilib olamiz.
  3. Java ixcham va ko'chma - bir marta yozing va har yerda ishlating. Sizni kodingiz Windows, Mac va Linuks-da ham ishlayveradi. Hech qanday o'zgartirishlar talab qilmaydi.
  4. Javada qayta foydalanish imkoni - internetda tonnalab kutubxonalar(lib) topishingiz mumkin. Siz har bir dasturlash darslari bo'yicha ilg'or dasturchi bo'lishingiz shart emas, shunchaki kerakli kutubxonani toping va ishlating.

Bu yerda C/C++, PHP, PEARL va boshqa dasturlash tillari juda ko'p. Ular ko'pincha alohida topshiriqlarni bajarish uchun ixtisoslashtirilgan. Java nima bilan farq qiladi? Java - obyektga yo'naltirilgan, sinfga asoslangan dasturlash tili va u universaldir! Siz ish stoli dasturlarini, old(front) va orqa(back) serverlar mantig'ini yozishingiz, ma'lumot bazalarini ulashingiz va ularni boshqarishingiz, tarmoq orqali obyektlarni yuborishingiz va qabul qilishingiz, telefoningiz yoki Android qurilmangiz uchun mobil dastur yozishingiz mumkin. Siz hamma narsani Java-da dasturlashingiz mumkin!

Iltimos, Java-ni JavaScript bilan adashtirmang! JavaScript bu mustaqil dasturlash tili emas, balki veb-brauzeringiz tomonidan talqin qilingan skriptlash tili hisoblanadi. Java va JavaScript nomlaridan tashqari umumiy hech narsa mavjud emas.

 

Ilk darsni SANJAR SOBIRJONOV tayyorladi. TUTORIALS.UZ - Sirdaryoda ilk va yagona va nafaqat Sirdaryo, balki O'zbekiston bo'yicha dasturlashni o'rgatuvchi kanal.


Mavzular ro'yhati

Java yoxud Oak tarixi Java muhitini va sinf yo'lini(classpath) o'rnatish Boshlang'ich tushunchalar , chiqarish , son toifalari. Arifmetik amallar , butun va qoldiq Eclipse IDE ni yuklash va o'rnatish NetBeans IDE ni yuklash va o'rnatish O'zgaruvchilar Klaviaturadan o'qish Oddiy kalkulyator Arifmetik amallar Inkrement va dekrement If operatori Mantiqiy operatorlar Shartli ifoda Switch ko'rsatmasi Bloklar (scope{}) For sikl operatori While sikl operatori do...while sikl operatori continue va break operatorlari Tub sonlar Tub sonlar II O'rta arifmetikni hisoblash Sinf yaratish va undan foydalanish Sinfda parametrli metod yaratish va undan foydalanish Sinf o'zgaruvchisi va metodlar Konstruktor yaratish va foydalanish Math sinfi va matematik amallar Tasodifiy son(random) Massiv yaratish va foydalanish Boshlang'ich qiymat va elementlar yig'indisi Massivdan element indeksini topish Massivdagi eng katta va eng kichik elementlar indeksini topish O'rin almashtirish Massiv elementlari qiymatini saralash Kuchaytirilgan for sikli Metodlarda massivlar Ko'p o'lchamli massivlar Ko'p o'lchovli massiv uchun jadval O'zgaruvchi miqdorli argumentlar Vaqtni belgilangan formatda chiqarish Vaqt 2 xil formatda Public, private , this Bir nechta konstruktorlar Setter va getter metodlar Konstruktor yordamida obyekt yaratish toString() metodi Tarkib Enumeratsiya Static Final Voris olish GUI(Foydalanuvchi Grafik Muhiti) JFrame & GUI Hodisalar Hodisalar II Hodisalar III Polimorfizm I Polimorfizm II override,overload,abstract Abstract, override II(davomi) Obyektlarni tutuvchi sinf Turli obyektlarni tutuvchi sinf Oddiy polimorfik dastur JButton (Tugma) JButton II JCheckbox I JCheckbox II JRadioButton I JRadioButton II JComboBox I JComboBox II JList I JList II JList(ko'p tanlovli) JList (ko'p tanlovli) II Sichqoncha Sichqoncha II Sichqoncha III Adapter sinf Fayl sinfi Fayl ochish & yaratish Faylga ma'lumot yozish Fayldan o'qish Istisnolar bilan ishlash FlowLayout Javada grafika(chizish I) Javada grafika(chizish II) Rang tanlash muloqot oynasi Oxirgi dars