PHP dasturchilardan so'raladigan TOP 30 intervyu savol-javoblar ro'yhati

Demak, Tutorials.uz da yangi rubrika: Intervyu savol-javoblari namunalari. O'ylaymanki, har bir qilayotgan ishim, kanal obunachilariga manfaat keltirmoqda. Shuni ham aytish kerakki, Muhammadali ismli do'stim, Tutorials.uz da Python bo'yicha dasturlash darslarini o'tishga qaror qilibdi, Xudo xohlasa Python bo'yicha dasturlash darslarini davom ettiramiz. PHP bo'yicha intervyu savollari har kuni 10 ta dan kanalda chop etilib boriladi. Sanjar Sobirjonovni qilayotgan ishlari sizga 1 chaqalik foydasi tegsa ham, boshi ko'klarga yetadi

1. PHP nima?
PHP
- dasturchilarga dinamik veb-sahifalarni yaratishga imkon beruvchi, skriptga asoslangan veb-dasturlash tili hisoblanadi.

2. PHP'ning bosh harflari nimani anglatadi?
PHP
- PHP: Hypertext Preprocessor(Gipermatnli preprosessor). | 

3. PHP qaysi dasturlash tillariga o'xshaydi?
PHP
sintaksisi Perl va C dasturlash tillariga o'xshaydi.

4. PEAR nimani anglatadi?
PEAR - freymvork va ko'p martalik PHP komponentlari taqsimlash tizimi bo'lib, kengaytmasi - "PHP Extension and Application Repository/Php moduli va Dasturlar repozitori".

5. Faol ishlatiladigan PHP versiyasi qaysi?
PHP'ning 7.1 yoki 7.2 versiyalari - tavsiya etilgan versiyalar hisoblanadi.

6. Buyruqlar qatori orqali PHP skriptni qanday ishga tushurasiz?
PHP Command Line Interface(CLI / Buyruq qatori interfeysi) dan foydalanib, bajarilishi kerak bo'lgan fayl nomini quyidagicha kiritasiz:
php file.php

7. CLI orqali qanday qilib interaktiv PHP qobig'(interactive PHP shell) ni yurguzadi?
CLI dasturidan foydalangan holda -a qiymatini kiritasiz, quyidagicha:
php -a

8. PHP blok kodini ishga tushirishning an'anaviy usuli va ommaviy usullarini ko'rsating:
va

9. Qanday qilib natijani brauzerda bevosita ko'rsatish mumkin?
Natijamizni brauzerda bevosita ko'rsatishimiz uchun, biz maxsus va ?> teglaridan foydalanishimiz kerak.

10. PHP 4 va PHP 5 versiyalari o'rtasidagi asosiy farqni ayting
PHP 4 ga qaraganda PHP 5 versiyasida ko'pgina OOP(Obyektga yo'naltirilgan dasturlash) ga oid xususiyatlar qo'shilgan.

11. PHP'da bir yoki undan ortiq meros olish imkoniyati bormi?
PHP faqat bitta meros olishni qo'llaydi, ya'ni, siz bitta klassdan faqat bitta meros olishingiz mumkin.

12. So'nggi(final) sinf va so'nggi(final) metod so'zlarining ma'nosi nimani anglatadi?
final - PHP 5 da keltirilgan. Final sinf - sinfdan meros olib bo'lmaydi, final metod - override(ustunlik) qilolmaydi degan ma'noni bildiradi.

13. PHP da obyektlarni taqqoslash qanday amalga oshiriladi?
"==" va "===" belgilari orqali

14. HTML va PHP ni birga ishlatish mumkinmi?
HTML va PHP ni bir birlari orasida, va skript bo'laklarini htmlda yoki html bo'laklarini php da ishlatish mumkin.

15. Forma yoki URL orqali qiymat yuborilganda qaysi operator turi kerak bo'ladi?
htmlspecialchars() va urlencode()

16. PHP va Js qanday bir-biri bilan ta'sirlashadi?
PHP va Js to'g'ridan-to'g'ri php bilan ta'sirlasholmaydi sababi PHP server-tomon tili , Javascript esa mijoz-tomon til hisoblanadi. 

17. Rasm funksiyasidan foydalanishda nima kerak bo'ladi?
GD kutubxonasi

18. 'imagetypes()' foydalanilishi qanaqa?
imagetypes() - rasm formati va GD-PHP ning joriy talqini tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan turlarni ko'rsatadi.

19. Rasm xususiyatlar(eni,bo'yi,hajmi)ini qaysi funksiya orqali olinadi?
getimagesize() - o'lcham, imagesx() - en, imagesy() - bo'y

20. PHP da matnni qanday ko'rsatadi?
2ta metod mavjud:

echo va print
21. require() va include() funksiyalarni ishlatishda qanday xatoliklar ro'y berishi mumkin?
require() - agar fayl topilmasa yoki noto'g'ri bo'lsa "fatal error" chiqaradi(sahifadagi qolgan kontentlar ham ko'rinmaydi), include() - fayl direktoriyasi noto'g'ri kiritilganda ham, saytda oddiy ogohlantirish chiqaradi(kontentlar ko'rinib turadi).

22. require() va include() funksiyalari orasidagi farq nima?
require(), va require_once() funksiyalarning ikkovlari ham bir xil vazifani bajaradi faqat require_once() funksiyasi uni bajarishdan oldin PHP skript mavjudligini tekshiradi.

23. Qanday qilib o'zgaruvchi to'g'risidagi ma'lumotni inson o'qiy oladigan darajada ekranga chiqarish mumkin?

Inson o'qiy oladigan darajada natijani chiqarish uchun print_r() ishlatiladi.

24. Ma'lumotni Excel faylga eksport qila olish imkoniyatiga ega bo'lish uchun nima qilishimiz lozim?

Eng ko'p ishlatiladigan va odatiy usul bu ma'lumotni Excel qo'llab-quvvatlaydigan formatda olish. Misol uchun, .csv fayl kengaytmasi bilan yozish mumkin. Vergul maydonlar orasida ajratiuvchi sifatida tanlanadi va undan keyin fayl Excelda ochiladi.

25. file_get_contents funksiyasi nima uchun ishlatiladi?

Bu funksiya fayldagi ma'lumotni o'qish va uni satr o'zgaruvchisiga saqlashga imkon beradi.

26. PHP skript orqali MySql ma'lumot bazasiga qanday ulanadi?

Buning uchun biz mysqli_connect() funksiyasidan foydalanamiz.

<!--?php $database = mysqli_connect("HOST", "YUZER_NOMI", "PAROL"); mysqli_select_db($database,"BAZA_NOMI"); ?-->

27. mysql_pconnect() funksiyasi nima uchun ishlatiladi?

Bu funksiya MySql ma'lumot bazasiga ulanishdagi barqarorlikni ta'minlash uchun ishlatiladi. Ya'ni bu PHP skript tamomlanganida aloqa uzulib qolmaydi degan ma'noni anglatadi. Bu PHP 7.0 va undan yuqori versiyalarida qo'llab-quvvatlanmaydi

28. PHP'da MySql natijalar to'plami qanday qayta ishlanadi?

Natijalar to'plami mysqli_fetch_array, mysqli_fetch_assoc, mysqli_fetch_object yoki mysqli_fetch_row'lardan foydalangan holda qayta ishlanadi.

29. Natijalar to'plamidagi qatorlar sonini qanday bilib olamiz?

mysqli_num_rows() funksiyasida foydalanib.

30. Qaysi funksiya, so'rovlar orqali ta'sirlangan yozuvlar sonini ko'rsatadi?

mysqli_affected_rows() funksiyasi - MySql so'rovlar tomonidan ta'sirlangan yozuvlarni sonini qaytaradi.