Bootstrap 4 - Kirish

Bootstrap - veb-saytni tez va oson ishlashi uchun eng mashhur va eng kuchli (HTML, CSS va JavaScript) moslashuvchan freymvorkdir.

Bootstrap - vebsaytni ishlab chiqish tez va oson bo'lgan kuchli front-end(old) freymvorkdir. Bu HTML va CSS-ga asoslangan forms, buttons, navigations, dropdowns, alerts, modals, tabs, accordions, carousels, tooltips va boshqalar kabi umumiy foydalanuvchi interfeysi tarkibiy qismlarini yaratish uchun mo'ljallangan dizayn shablonlarini o'z ichiga oladi.

Bootstrap sizga kam mehnat sarflagan holda moslashuvchan va sezgir veb-maketlarni yaratish imkonini beradi.

Bootstrap dastlab Twitter-da ishlaydigan dizayner va dasturchi tomonidan 2010-yil o'rtalarida yaratilgan. Bootstrap ochiq manbali tizim bo'lishidan oldin Twitter Blueprint nomi bilan tanilgan.

Bootstrap yordamida ko'p vaqt va mehnatingizni tejab, unumdorlikni oshirishingiz mumkin. Shunday qilib, tutorials.uz vebsaytimizni Zakladkalaringiz orasiga qo'shib qo'ying va o'rganishni davom eting.

Bootstrap yordamida nimalar qilolamiz

Bootstrap yordamida ko'p narsalarni bajarishingiz mumkin, Siz:

  • osongina sezgir(responsive) vebsaytlarni yaratishingiz,
  • oldindan belgilangan sinflar yordamida oz vaqtda ko'p ustunli maketni,
  • turli xil shakldagi maketlarni,
  • navigatsiya panelining turli xil variantlarini,
  • accordion, modallar kabi komponentlarni,
  • katta miqdordagi kontentni boshqarish uchun dinamik tablarni,
  • ishora matnini ko'rsatish uchun popover va tooltiplarni,
  • turli xildagi ogohlantirish xabarlarini,
  • kontentingizni namoyish etish uchun rasm slayder va carousellarni yaratishingiz mumkin.

Ro'yxat bu yerda tugamaydi, Bootstrap bilan qilishingiz mumkin bo'lgan boshqa ko'plab qiziqarli narsalar mavjud. Ularning barchasi haqida keyingi darslarda batafsil ma'lumot olasiz.

Bootstrap-dan foydalanishning afzalliklari

  • Ko'p vaqtni tejaydi - Bootstrap-ning oldindan belgilangan dizayn shablonlari va sinflaridan foydalangan holda ko'p vaqt va mehnatingizni tejashingiz mumkin va boshqa development-larni o'rganib chiqishingiz ham mumkin:)
  • Sezgirlik xususiyatlari - Bootstrap yordamida osongina turli xil qurilmalarga va ekran o'lchamlariga mos keladigan vebsaytlarni yaratishingiz mumkin, razmetkada hech qanday o'zgartirish kiritmasdan.
  • Izchil dizayn - Bootstrap-ning barcha komponentlari bir xil dizayn shablonlar va uslublar(style)larni markaziy kutubxona orqali taqsimlaydi, shuning uchun veb sahifangiz dizayni va maketi izchil bo'ladi
  • Foydalanish uchun qulay - Bootstrap-dan foydalanish juda oson. Bootstrap yordamida HTML, CSS va JavaScript-ning asosiy bilimlariga ega bo'lgan har qanday inson o'z ishini boshlashi mumkin.
  • Brauzerlar bilan moslashuvchan - Bootstrap zamonaviy veb-brauzerlar yordamida yaratilgan va u Chrome, Firefox, Safari, Internet Explorer va boshqa zamonaviy brauzerlar bilan moslashuvchan.
  • Ochiq manbali - Eng zo'r tarafi, undan foydalanish va yuklab olish mutlaqo bepul.