Xalq noutbukini yoqish va o'chirishni biladigan odamlarni haker deyishigacha bordi...

Muallif: Sanjarbek Sobirjonov       136       2020-02-21/19:26:39


Umuman olganda murojaatim hammaga tegishli, lekin ko’proq chet el universitetlarida distansion yoki sirtqi bo'limda o’qiyotgan talabalarga bag'ishlangan.

Kecha O'zbekistonda distansion yoki sirtdan o'qiyotgan talabalar diplomlari tan olinmaydi degan xabarni o'qidim. Ehtimol kimdir bu yangilikdan xafa bo'lgan. Xafa bo'lish uchun hech qanday sabab yo'qligini sizga aytmoqchiman. Nega?

1. O’zi O'zbekistonda o'zbek universitetlarining diplomlari ham ko'pincha tan olinmaydi. Nimani nazarda tutayotganimni bilsangiz?...

2. O'zbekistondan tashqarida masofadan yoki sirtqi o'qish yo’lini topgan bo'lsangiz, bu sizning bilim va ko'nikmalaringiz O'zbekistondagi ko'plab magistrantlarga qaraganda yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi. Ishoning, men O'zbekistondagi eng nufuzli universitetlari bitiruvchilarining yuzlab rezyumelarini ko'rib chiqqanman. Ko'pincha ular rezyume to’ldirish nari tursin, elektron xatni to'g'ri yoza olmaydilar. Buni kamida bir marta bo’lsada ishchi olgan har bir kishi tasdiqlaydi.

3. Xususiy kompaniyalar uchun hech bo'lmaganda biror bir chet el diplomining mavjudligining o’zi katta yutuqdir. Albatta, xalqaro korporatsiyalar bundan mustasno, ular sizning diplomingizga qarab ishga olishadi. Shuning uchun, o'zingiz tanlagan universitet qaysi mamlakatlarda hisobga olinishini bilib olishingizni maslahat beraman.

4. Faqatgina davlat byudjeti tashkilotida ishlashni istasangiz, sizga mahalliy universitet diplomi kerak. Shu 1 mln so'm ish haqi beradigan joylarni aytapman. Tushlikka oylikdan ko’proq pul ketadigan lavozimlar...

5. Ha, o'zim ham mahalliy universitetda tahsil olganman. Ammo diplomim 2013 yildan beri universitetda yotibdi. Qo'limga olmaganman. Hech qachon biron bir joyda ishlash uchun diplomimni talab qilishmagan - chunki men hech qachon davlat sektorida ishlamaganman va ishlashni xohlamayman. Hozir men o'zim rahbarman va ishga joylashayotgan nomzodlarning diplomi bor yoki yo'qligiga qaramaganman. Hech qachon.

6. Ko'pgina mamlakatlarda oliy ma'lumot olish O'zbekistonga qaraganda ancha arzon turadi. Va sifati biznikidan yomon emas. 100%!

7. Umuman olganda, normal ta'lim olishda davom eting. Qayerda va qanday qilib o’qishingiz hozir katta ahamiyatga emas. Self-education haqida ham unutmang. Ko’chada qolib ketmaysiz. Dunyoning ko'plab davlatlarida yaxshi kadrlar tanqisligi mavjud. Agar O'zbekiston bunga muhtoj bo'lmasa, mayli.

Endi sirtqi yoki masofaviy ta'lim diplomlarini qabul qilish qarorini bekor qilganlarga murojaat qilaman:

1. Siz himoya qiladigan O'zbekistondagi ta'lim tizimi... elektron pochta yaratolmaydigan va oddiy xat yuborolmaydigan kadrlar tayyorlayapti. 21-asrda. Word, Excel va boshqalar haqida gapirmasa ham bo'ladi. Xalq noutbukini yoqish va o'chirishni biladigan odamlarni haker deyishigacha bordi... O'zbekistonning kelajagini ana shunday xodimlarga ishonib topshirmoqchimisiz?

2. O'zbekistonda ta'lim narxi asossiz ravishda qimmat va mantiqqa zid. Dunyo bo'ylab minglab universitetlar O'zbekistonga qaraganda 1000 baravar yaxshiroq ma'lumot beradi, qolaversa ancha arzonroq yoki mutlaqo bepul. Ha, O'zbekistonda ham bir nechta yaxshi universitetlar mavjud. Ammo umimiy miqdorda ular judayam kam.

3. O’zbekistonda faqat dunyoning eng yaxshi universitetlarining TOP1000-lariga kiritilgan universitetlarning diplomlari muammosiz qabul qilinadi. TOP10000 ga kiradigan atigi 4 universitet joylashgan davlat uchun jaaa yuqori talab emasmi?! Hatto TOP5000 ham emas! Tasavvur qiling-a? Dunyodagi eng yaxshi 10,000 universitetlar ro'yxatida ... bizdan atigi 4 ta bor. Hatto Suriyada ham 6 ta! Venesuelada 20 ta! Bangladeshda 50 ta! Pokistonda 101 ta! Xo'sh, nimaga asoslanib biz shuncha mag’rurmiz? Faqat TOP1000-ni tan olish uchun shu TOP1000ga hech bo’lmasa bitta universitetimiz kirib olishi kerakdir?

4. Bu yil 1 milliondan ortiq abiturientlar bo'lgan. 10% o’qishga kirdi. Qolgan 900 ming kishiga joy yo'q. Endi ular nima qilishlari kerak? Agar siz chet el universitetlarining diplomlarini qabul qilishni xohlamasangiz, shu qolgan 900 ming kishi normal ma'lumot olishlari uchun shunday sharoitlarni yarating?! O'zbekistondan chiqib ketmasdan qandaydir ma'lumot olishni biladiganlarni qo'llab-quvvatmaslik - "uyda o'qi yoki sur" deganidan boshqasi emas. Bu O'zbekistonni tark etish uchun katta tashviqot kampaniyasiga o’xshaydi.

5. Umuman olganda, boshqa mamlakatlar va xususiy sektor nomidan bunday qaror qabul qilganingiz uchun sizga katta rahmat! Chunki kallasi bor kadrlar qimmatli vaqtlarini davlat sektorida ishlashga sarflamaydilar. Ular xususiy kompaniyalarda ishlashni yoki chet elga ishlashni tanlashadi.