Shaxsiy fayllaringizni rasmga yashiring

Muallif: Sanjarbek Sobirjonov       82       2020-02-21/21:26:37


Qanday qilib fayllarni rasm ichiga yashirish mumkin?

  1. O'zingiz xohlagan biror faylni tanlang. Uni Winrar dasturi orqali .zip yoki .rar formatga arxivlang. Keyin qaysi rasmga ushbu .zip yoki .rar arxivni joylashtirmoqchiligingizni tanlang.

  2. Qulay bo'lishi uchun arxivlangan faylni va rasmni Rabochiy Stolga ko'chiring.

 

3. Buyruqlar satrini ochish uchun Windows+R klavishlarini bosing va cmd buyruqini kiriting. cd Desktop buyrug'ini Rabochiy Stolga o'tish uchun yozing.

 

4. Barcha fayllaringiz Desktopda bo'lsa ushbu kommandani kiriting:

copy /b simple.jpg+arxiv.rar smile.jpg

Bu buyruq arxiv.rar faylni yangi smile.jpg rasmga yashiradi. Bu nomlarni o'rniga boshqa nom qo'yishingiz mumkin.