Junior, Middle va Senior dasturchilar o`rtasidagi farq

Muallif: Sanjarbek Sobirjonov       133       2020-06-04/13:21:39


IT sohasining o'zi bir necha sohalarga bo'lingan bo'lib, uning eng asosiy sohalaridan biri dasturchilik sohasidir. Bu sohada ko'pgina dasturchilar bor. Lekin hammasi ham tajribali emas. Keling, bular hammasi tajribali emas, qanday qilib tajribalilarni aniqlab olishimiz yoki ularni o'rtasidagi farqni bilishimiz mumkin degan savol tug'ilishi tabiiy. E'tiboringizni quyidagi javoblarga qarataman:

Junior dasturchi
Junior dasturchilar tajribasiz bo'lishadi. Ba'zi hollarda, ular kollej yoki maktabni tugatgandan keyin birinchi martasiga dasturchi bo'lib to'liq ish stavkasi bo'yicha ishlashadi.Ammo, ko'p hollarda, ular jamoa a'zolaridan yordam kutishadi. Sababi Junior dasturchilar odatda o'zlari mukammal bo'lgan loyihalarni bajarisha olishmaydi.

Junior dasturchilar dasturni dasturlashda "qanday ishlasa ham bo'ldi, eng muhimi ishlayapti" qabilida ish tutishadi. Ular uchun ishlayotgan dastur va yaxshi dastur bir xil qiymatga tengdir. Oqibatda, ular bir yoki ko'pgina tillarning sintaksisini o'rganish jarayonida ularning tajribasi o'sayotganligini tushunib yetadi yoki hatto nima uchun ba'zi texnik kichik narsalar ishlayotganligini ham o'rganishga moyildir.

Middle dasturchilar
Middle darajali dasturchilar odatda aniq belgilangan texnik muammolarni o'zlari yechishadi. Ular hatto ba'zi sohalarda texnik jihatdan juda kuchli sanaladi. Ba'zi tashkilotlarda, hatta Middle darajali dasturchilarni Senior dasturchi sifatida qadrlashlarini ham ko'rganman. Kamina ham, Middle dasturchi bo'lgan paytida, ko'pchilik(o'zi ham) Senior dasturchi deb hisoblashardi.

Lekin, middle dasturchilar senior dasturchilar emas. Ular junir dasturchilar nuqtai nazaridan o'z sohasini ustasi bo'lib ko'rinishi mumkin yoki hatto middle dasturchilar perspektividan ham, biroq Middle va Senior dasturchilar orasida katta farq bor. Nega? Chunki u perspektivani o'zgartirishni talab qiladi.

Middle dasturchi texnik murakkab muammolarni qanday yechishni bilishi mumkin. Lekin ular murakkablikdagi ishlarni bajarish uchun 3hafta olishni xohlashadigan va uning uchun aql bovar narx ham so'rashadigan odam bo'lishi mumkin. Juniorga dasturchi kabi, Middle dasturchilar ham ishlayotgan dastur va yaxshi dastur bir xil ko'rinadi. Va middle dasturchi odatda yaxshi ishlaydigan dasturlash yaratishga ko'proq moyildirlar.

Senior dasturchilar
Middle darajadan Senior darajaga sakrash ancha ko'p bilimlarni talab qiladi va yaxshi dastur bu ham o'z vazifasini bajaradigan ham rivojlantirish uchun masshtablashtiriladigan dasturligini tushunish bilan nihoyalanadi. Senior dasturchilar individual sinflar, metodlar, funksiyalar yoki bo'lmasam quyi darajali texnik tafsilotlarga oid narsalar haqida o'ylashmaydi. Ular obyektga yo'naltirilgan va ilova dizayn andozalari haqida o'ylashadi.

Senior dasturchilar Junior va Middle dasturchilar bilan bir xil tilda gaplashadi ammo ular muammolarga turli xil jihatdan yondashadi. Senior dasturchilar uchun, yaxshi dastur va ishlaydigan dastur orasida farq katta va bu farq uni qanday qilib birlashtirish, ishlatish va qanday qayta foydalanishligidadir.

Manba - medium.com