Deep Web: Darknet ga qanday kirish mumkin?

Muallif: Sanjarbek Sobirjonov       427       2020-08-09/09:51:45


Deep Web: Darknet ga qanday kirish mumkin?

Google & Bing deyarli barcha narsani biladi. Nima uchun aynan "deyarli"? Bozor ulushi qariyb 92% ga teng bo'lgan Google, qidiruv tizimlari orasida yetakchi o'rinlarda turadi. Bing taxminan 3% bilan 2-o'rinni egallagan, lekin hali ham boshqa nomzodlardan aniq oldingi o'rinlarda turibdi. Ikkala qidiruv tizimlari barcha ma'lumotlarni avtomatik oladi, shuningdek ular 95% dunyo aholasining internetdagi boshlang'ich sahifasi ham.

Barcha ma'lumotlarni ham Google to'liq yig'maydi. Qidiruv tizimlari tomonidan Internetning qanchasi indekslangani noma'lum. Biroq Googledan vebsaytni yashirish ham qiyin emas.

Deep Web nima?

Qidiruv tizimlari indekslamagan barcha narsa - "Deep Web" deb ataladi. Shuningdek vebda shunday maxsus shifrlangan joy bor, u "darknet" deb ataladi. Aytmoqchi, bu faqat noqonuniy maqsadlar uchun emas. Texnik jihatdan Darknet Deep Webning bir qismi. Bu ba'zan "Yashiringan Veb" deb ataladi va ba'zida Darknet va Deep web so'zlari sinonim sifatida ishlatiladi.

Darknet noqonuniymi?

Yo'q, darknet noqonuniy emas. Aksincha, Darknet - bu so'z erkinligining so'nggi haloskorlardan biridir, shuning uchun bu tarmoq butunjahon jurnalistlari, inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar, qatag'on qilinganlar va tanqidchilar tomonidan keng ishlatiladi.Hozirgi vaqtda, afsuski u jinoyatchilar uchun ham xavfsiz maydon bo'lib qoldi.

Darknet - bu hech qanday nazorat va senzurasiz tarmoq.Misol uchun, insonlarga shaxsiy ma'lumotlarni anonim tarzda uzatish uchun New York Times kabi gazetalar Darknetda o'zining sahifasini ochgan. Aytgancha, taniqli IT jurnalist Mike Tigasning ham Darknetda o'z sahifasi bor, biroq oddiy internetda ham mavjud.

Darknet nima va u qayerda?

Darknetga qanday kiraman? Darknet taqiqlanganmi? - Bular ehtimol Internetning ushbu qismi bilan bog'liq bo'lgan odatiy savollari. Darknet Internetning o'xshash qismlaridan foydalanadi: Vebsaytlar, e-mail va fayl almashuv. Bularning barchasi, internetga o'xshab, erkin ishlatiladi - siz ularni qanday topish va qidirishni bilsangiz bo'ldi.

Agar Darknetga kirmoqchi bo'lsangiz, siz avvalambor Tor tarmoqqa anonim kirish imkoniga ega bo'lishingiz kerak. Tor bu aslida "Piyoz routeri" qisqartmaga ega va bu tarmoq ulanish ma'lumotlarini anonimlashtiradi. U Kembridj universitetining studentlari tomonidan 2002 yilda yaratilgan va o'sha yildan beri mavjud. Siz ushbu maqolada "onion, ya'ni piyoz" so'zini bir necha marta o'qiysiz.

Piyoz so'zi - ma'lumotni foydalanuvchidan vebsaytga uzatishning bir necha qatlamlariga aytiladi. Hozirda, taxminan 2millionga yaqin odam Tor tarmog'idan har doim foydalanadi. Tor tarmog'ining texnik foniga ko'ra, normal internetda ma'lumot qidiradigan odam, masalan Google qidiruv tizimidan, Googlega o'zining IP manzilidan foydalanib bog'langan bo'ladi. Tor tarmog'ida, IP manzilingiz orasida kamida 3ta server("tugunlar" deb ataladi) bo'ladi va siz kirmoqchi bo'lgan vebsayt sizni qayerdan ekanligingizni aniqlashi imkonsiz. Darknetdagi manba kodi ochiqlikka asoslangan va u har kim tomonidan ko'rilishi mumkin.

Tor brauzer nima?

Tor brauzer - bu Firefoxning maxsus versiyasi bo'lib, Internetning kirish nuqtasi sifatida Tor tarmog'ini avtomatik tanlaydi. Men sizga Tor brauzerini qayerdan olishni aytib o'tirmayman.

Darknet: Iltimos, ehtiyotkor bo'ling!

Darknetga kirdingizmi, bo'ldi siz hech kimni tanimaysiz, sizni hech kim tanimaydi. Hamma anonim bo'ladi. Shuningdek sizdan talab etiladigan narsa bu xavfsizligingizni qo'ldan boy bermaslik. Hech qayerdan ma'lumot yuklab olmang, hech qayerga ma'lumot yuklamang, shaxsiy ma'lumotlaringiz: rasm, videolarni hech kimga bermang. Darknetdan yuklab olish bu potensial xavfli narsa va Darknetda hech nima sotib olmang. Iloji bo'lsa, kompyuter yoki telefon kamerangizni ham to'sib qo'ying.

Darknetga qo'llanma

Darknetda odatiy domen nomlari: .com, .net, .org yoki shunga o'xshashlari bilan tugaydigan hech qanday domen yo'q. Darknetda faqat .onion bo'ladi.

Darknetda odatiy emaillar, kosheleklar yo'q. Ularning maxsus emaillari, kosheleklari va qidiruv tizimi shuningdek ijtimoiy tarmoqlari ham bo'ladi.

Maqola SAYTIDAN Sobirjonov Sanjarbek tomonidan tarjima qilindi.