Dasturlashni bepul o'rganish uchun TOP-21 vebsaytlar

Muallif: Sanjarbek Sobirjonov       784       2020-02-21/19:25:56


Assalomu alaykum, o'quvchilar. Men bugun dasturlashni bepul o'rganishni istaganlar uchun 21ta vebsaytlarni ketma-ketligini keltirib o'tmoqchiman. Bu sizga uyda yoki ish paytingizda ham qulay o'rganishni kafolatlaydi.

  1. freecodecamp.org

Bu dasturlashni bepul o'rganib, real proyektlar yaratishda da juda qo'l keladigan ajoyib saytlardan biri hisoblanadi.Unda Javascript, Algoritm va Data struktura, Frontend Development bo'yicha darslar va mashqlar mavjud. Bu Quincy Larson  tomonidan yaratilingan bo'lib, dasturlashni endi o'rganuvchilar uchun ajoyib vebsayt!

2. Coursera

Yana bir dasturlashni onlayn o'rganish uchun ajoyib vebsayt. Bu vebsayt Stanford professorlari Andryu Ng va Dafne Koller lar tomonidan tashkil topgan. U kurslar, kasbga yo'naltirish va onlayn darajalarni taklif qiladi. Mening Coursera dan ba'zi sevimli dasturlash kurslarim:

  1. Algorithms Part I and Part 2 by Robert Sedgewick (link)
  2. Machine Learning by Andrew Ng (link)
  3. Python for Everybody (link)

Coursera sizni sertifikat bilan ham ta'minlab beradi ammo uning uchun haq to'laysiz.

3. udemy.com

Onlayn o'rganish uchun eng yaxshi saytlardan biri. Barcha so'nggi texnologiyalardagi kurslarni onlayn olishingiz, dasturlash tillari Java, Spring, Data struktura va algoritmlar, Selenium, REST  kabilarni ham olasiz. Bu ikkovining ham bepul va pullik kurslari bor.

Bu yerda ba'zi qiziqarli texnologiyalarni o'rganish uchun bepul foydali kurslar to'plami:

  1. Java Tutorial for Complete Beginners (link)
  2. Easy to Advanced Data Structures (link)
  3. Introduction To Python Programming (link)
  4. Advanced and Object-Oriented JavaScript and ES6 (link)

Pullik manbalarni arzonga ya'ni tez-tez qilinib turiladigan skidka payti $9.99 ga olishingiz mumkin. Bu kurslarni Kolt Stil, Rob Persival, Stifen Grider, Josh Portilla, Jon Pyursell kabi mahoratli o'qituvchilar o'tishadi.

4. plurasight.com

Yana bir har qanday texnologiyani o'rganish mumkin bo'lgan vebsayt yoki Java kabi dasturlash kurslari, Veb development freymvorklardan, Sprin framework, Hibernate va boshqalar.

5. try.github.io

Git ni 15 daqiqada o'rganish mumkin bo'lgan fantastik sayt. Vebsaytning eng yaxshi qismi bu meta vebsayt, ya'ni  Learn Git branching ga o'xshash onlayn Git ni o'rganishga to'la manbalarni o'z ichiga olgan, sizni veb brauzer orqali Git buyruqlarini o'rgatadigan saytdir.

6. onemonth.com

Kodlashni o'rganing va 1 oyda veb dasturlarni yarating. Bu garchi bepul vebsayt bo'lmasada, u yerda bootcamp stilidagi kurslarni sotib olishingiz kerak bo'ladi.

Bu saytda Python, Ruby va Javascript ni 30 kunda o'rganish uchun kurslar mavjud bo'lib ular butkemp stilidagi ya'ni o'rganishda samarali joy bo'lib xizmat qiladi.

7. codecademy.com

Javascript, Java, Linux kabi mashhur texnologiyalarni bepulga o'rgatadigan interaktiv darslarga ega veb sayt. Python, Java va Javascript dagi murakkab tushunchalarni o'rganish uchun unda ham pullik kurslari mavjud.

8. codingbat.com

Python va Java da bepul dasturlash mashqlarini o'rgatadigan yana bir yaxshi veb sayt.

9. code.org

Informatikaning asosiy tushunchalarini va kodlashni o'rgatadigan mukammal veb sayt.

10. code4startup.com

Leo Trieu tomonidan yaratilgan veb sayt bo'lib, real loyihalar va kompaniyalarni yaratish orqali kodlashni o'rganish uchun ajoyib vebsayt.

Unda quyidalarga o'xshagan bepul kurslari ham mavjud:
1. ReactJS for Newbies in just 1 hour
2. Learn Ruby on Rails, Heroku and Wistia APIs

Agar siz loyihaga asoslanib o'rganishni yoqtirsangiz bu vebsayt sizga juda manzur bo'ladi.

11. codeabbey.com

Yana bir dasturlash mashqlariga to'la va har qanday dasturlash tilidagi kodlash mahoratini yaxshilash uchun ajoyib vebsayt

12. sqlzoo.net

Shubhasiz, IT professionallar dasturchilar uchun eng ega bo'lishi kerak bo'lgan bilim bu SQL. Afsuski bu bo'yicha kam vebsaytllar va bepul kurslar mavjud. SQL ni bu vebsaytda quvnoq tarzda o'rganasiz.

13. Git Immersion

Git va Githubni o'rgatadigan eng yaxshi vebsayt.

14.Learn Git branching

Git va Githubni o'rgatadigan eng yaxshi vebsayt.

15. codecombat.com

Siz Python va Javascriptda kodlashni o'rganish bilan birga o'yin o'ynashingiz ham mumkin bo'ladi. Onlayn o'rganishning interaktiv va quvnoq shakli.

16. tryhaskell.org

Bepul interaktiv darslar orqali Haskell ni o'rganing.

17. railsforzombies.org

Topshiriqlarni bajarish va video darslarni ko'rish orqali Ruby on Rails ni o'rganing.

18. thinkful.com

Mentor va kurslarni tanlashingiz mumkin bo'lgan boshqacha vebsayt

19. rubymonk.com

Brauzeringizda Ruby ni o'rganish uchun interaktiv tutorialsllar. Bunda beginner, intermediate va ekspert qismlarga bo'lingan kurslar mavjud.

20. tryRuby.org

Yana bir Ruby ni onlayn o'rganish uchun manba.

21. learnpython.org

Python dasturlash tilini asoslarini o'rganish uchun ajoyib vebsayt.