Bepul server

Muallif: Sanjarbek Sobirjonov       181       2020-02-21/19:22:06


Siz saytingizni yoki o'z telegram botlaringizni bepul va eng yaxshi serverga deploy qilishni istaysizmi?

Ko'pgina guruhlarda kuzattim, ko'pchilik o'z botlarini 000webhost hostingiga joylashtiradi. Bu hosting qotadi va o'z brandmarki bilan saytimizda ham joylashadi. Bu ko'pchilikka ham yoqavermaydi. Shuningdek, botlaringiz va saytlaringizni 500mb bepul va 5 mb MySql bazaga ega serverga joylashtirishingiz mumkin. Bu server albatta HEROKU. Heroku yuqori tezlikka ega. Botlaringiz yoki saytlaringiz qotib qolishidan qo'rqmasangiz ham bo'ladi. Heroku serveriga python, php va boshqa tillarda yozilgan saytlaringiz va botlaringizni joylashtirishingiz mumkin.

Youtube, telegram, facebook ijtimoiy tarmoqida kuzattim. Heroku serveri bilan ishlash bo'yicha o'zbek tilida birorta ham qo'llanma topa olmadim. Bu ishni o'zim boshlamoqchiman. Agarda ushbu videoni chiqishini xohlasangiz, bizni kuzatishni davom eting. Heroku serveri bilan ishlash bo'yicha video darslar tayyorlanmoqda. Tayyorlangan video darslar telegram va youtube tarmoqlariga yuklanadi. Foydalanuvchilar foydali video darslardan bahramand bo'ladi degan umiddaman.

Youtube -  YOUTUBE KANALIMIZ

Telegram - TELEGRAM KANALIMIZ