7 xil logo turlari(va ularni qanday ishlatilishi)

Muallif: Sanjarbek Sobirjonov       177       2020-04-08/21:47:01


Logo biznesingizni ifodalab beruvchi rasm. Ammo ularning 7 xil turi borligini bilarmidingiz?

Garchi bular tipografiya va rasmlar birikmasi bo'lsada, har bir logo turining o'zida turli xil ma'noni aks ettiradi va sizning logotipingiz mijozlaringizni nazariga tushuvchi ilk rasm bo'lgani uchun, siz uni to'g'ri va biznesingizga mos qilib tanlashingiz kerak. Biznesingiz uchun eng ma'qul logo turini tanlashni xohlaysizmi? Marhamat, quyida ularning 7 turi haqida batafsil ma'lumotga ega bo'ling:

  1. Monogram logolar(yoki xatcho'plar)

Monogram logolar yoki xatcho'plar bular harflardan tashkil topadigan logotiplar hisoblanib, odatda u yerda brendning bosh harflari tasvirlanadi. IBM, CNN, HP, HBO... Andozani anglab oldingiz, to'g'rimi? Ular juda uzun biznes nomlarining bosh harflaridan olingan logo namunalar. Eslab qolish uchun 2 yoki 3 so'zli logolarni ular o'zlarining brendlarini tez va oson taniy olish maqsadida ishlatishdi. Shuningdek, ularning biznesini tasvirlash maqsadida monogram, ba'zida xatcho'p logolar deb ataladigan logolarni ishlatish eng yaxshi yechimdir.

Xatcho'p bu oz harflardan tashkil topgan tipografiyaga asoslangan logo turi hisoblanadi. Odatda, kompaniyalarning bosh harflari tasvirlanadi. Xatcho'p bu hammasidan ham sodda usul. Oz harfli xatcho'p logotiplardan foydalanish, agar kompaniya brendi uzun nomga ega bo'lsa uni ixcham shaklga keltirishda eng samarali hisoblanadi. Misol uchun, National Aeronautics and Space Administration nomidan ko'ra shunchaki NASA deyish aytish uchun ham, eslab qolish uchun ham juda oson.

Butun e'tibor bosh harflarga qaratilgani bois, siz tanlagan shrift kompaniyangiz mavzusiga doir bo'lishi emas, balki biznes kartochkalarga chop etishda ham aniq ko'rinishi muhim ahamiyatga ega. Ham agar siz hali biznesingizni tashkil etmagan bo'lsangiz, logotipingizni pastki qismiga biznes brendingizni to'liq nomini yozib qo'yishingiz mumkin bo'ladi. Shunda odamlar sizni nima qilishingizni aniqroq anglab olishadi.

2. Wordmark(so'zli belgilar yoki logotiplar)

Xatcho'p logotiplarga o'xshab, wordmark yoki logotip yakka biznes nomiga qaratilgan shriftga asoslangan logo hisoblanadi. Visa va Coca-Cola'ni eslang. So'z belgili logolar asosan qisqa aniq nomga ega bo'lgan kompaniyalar uchun. Google'ning logosi bunga ajoyib misol bo'la oladi. Nomning o'zi jozibador va esda qolarli ham,shuning uchun logo kuchli tipografiya bilan birikkanda brendni oson tanib olishga yordam beradi.

 

Shuningdek, xatcho'p logo kabi, tipografiya muhim sanaladi. Butun e'tibor sizning nomingizga qaratilgani sababli, sizning biznesingizni mohiyatini aniq aks ettiradigan shriftni tanlashingiz kerak. Misol uchun, moda etiketkalari aniq va dabdabalik hisini beradigan elegant shriftlarga moyil bo'lsa, qonuniy yoki hukumat idoralari deyarli har doim an'anviy, og'ir matnlar, ya'ni xavfsizlik hisini beradigan logolarga moyil hisoblanadi.

3. Tasviriy belgilar(yoki logo ramzlar)

Tasviriy belgilar(ba'zida brend marka yoki logo ramz deb ataladi) - ikonka yoki grafikaga asoslangan logo. Ehtimol, bu siz "logo" deb o'ylaganingizda tasavvuringizga keladigan rasm: Apple logosi, Twitter qush, Nishondagi buqa ko'zi. Bu kompaniyalarning har birining logosi shunchalik ramziy va har bir brend shunday tashkil topganki, yakka markani o'zi tez esda qoladi.

Tasviriy belgiga o'tishni qaror qilayotgandagi hisobga olish kerak bo'lgan eng muhim narsa bu qanday rasm tanlash kerakligi. Bu sizning kompaniyangizni butun mohiyatini o'zida jamlash kerak bo'lgan rasm.

4. Mavhum(abstrakt) logo belgilar

Mavhum logolar bu tasviriy logoning o'ziga hos turi hisoblanadi. Taniqli rasm bo'lishni o'rniga, apple yoki qush kabi, bu biznesingizni aks ettiradigan mavhum geometrik shakllar majmuyidir. Bu bir nechta mashxur namunalarni o'z ichiga oladi: BP starburst-y aks etgan logo, Pepsi'ning bo'lingan aylanasi va y chizig'i, Adidas'ning guli aks etgan logosi. Abstrakt logoning afzalligi bu sizga alohida etnik ma'noga ega bo'lgan rasmga tayanmasdan, kompaniyangizni ramziy nima qilishini yetkazib berish qobiliyatini beradi.

5. Tumorlar(maskotlar)

Maskot logolar bular chizilgan personajlarni o'z ichiga oladigan logolar bo'lib, ko'pincha rangli, ba'zida multfilm va hamda qiziqarli maskot logolar o'z brendingizni vakili(o'zingiz yoki birorta multfilm personaj aks etgan rasm)ni yaratishning eng zo'r usuli hisoblanadi.

 

Maskot - kompaniyangizni tasvirlaydigan sodda chizilgan personaj. Ularni biznesingizni elchisi deb o'ylashingiz mumkin. Maskot logo turidan foydalangan mashxur kompaniyalar - Kool-Aid Man, KFC'ning Kolonel va Planter'sning Janob Yeryog'oq logotiplari misol bo'ladi.

6. Birikmali belgi

Birikmali belgi bu so'zli belgi yoki xatcho'p va tasviyiry belgilar,abstrakt yoki maskot birlashmasidan tashkil topgan logo. Rasm yoki matn yonma-yon turishi,bir-birini ustida ketma-ket joylashtirilgan yoki rasm yaratish uchun ikkovi ham birlashtirilgan bo'lishi mumkin. Ba'zi taniqli birikmali belgi logotiplar o'z ichiga Doritos, Burger King va Lacoste'larni oladi.

7. Emblema

Emblema logolar ramzni yoki ikonkani ichida shriftlardan tashkil topgan logo. Bedjiklar, muhrlar va tojlar bunga misol bo'lishi mumkin. Bunday logolar ajoyib effektli ananaviy ko'rinishga ega bo'lganligi uchun, ular asosan ko'pgina maktablar, tashkilotlar yoki hukumat idoralari uchun ma'qul tanlov bo'lishi mumkin. Avtosanoatda ham ko'pgina emblema logolar mavjud.


Manba: 99designs.com

Tarjimon: Sanjarbek Sobirjonov