5G texnologiyasi endi O'zbekistonda! Ucell va UZMOBILE test qilmoqda

Muallif: Sanjarbek Sobirjonov       147       2020-02-21/19:28:09


«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi mutaxassislari jahonning ilg‘or dasturchilari va telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqaruvchilari bilan yaqin hamkorlikda malaka oshirgan holda, O‘zbekistonda 5G tarmog‘ini joriy etishning texnik xususiyatlari va imkoniyatlarini o‘rganmoqdalar.

 Yangi avlod tarmoqlarini joriy etishga tayyorgarlik jarayonida «O‘zbektelekom» AK o‘zining UZMOBILE tarmog‘ida sinovdan o‘tkazish uchun 5G texnologiyasi bo‘yicha tayanch stansiyalarning dastlabki to‘plamlariga ega bo‘ldi. Joriy yilning 14 sentyabrida uskunalar o‘rnatildi va dastlabki sinovdan o‘tkazish uchun foydalanishga topshirildi.

 5G tarmoqlarining uskunalari «ko‘plab noortogonal (nomutanosib) kirish va Massive-MIMO» kabi eng zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash tufayli ko‘proq o‘tkazish qobiliyatini ta’minlay oladi.

 5G avlod tayanch stansiyalarini sinovdan o‘tkazish NSA (Non StandAlone) tarmoq arxitekturasi qo‘llanilgan holda 6 gigagersgacha chastotalar oralig‘ida amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha 5G tarmog‘ini tashkil etish bosqichlaridan biri bo‘lib, operatorning mavjud infratuzilmasidan foydalangan holda amalga oshiriladi va kelajakda u yanada rivojlangan, operatorga nafaqat yuqori tezlikka, balki tarmoqdagi juda past kechikish darajasiga (taxminan 1 millisekund) erishish imkonini beruvchi arxitektura - SA (StandAlone)ga takomillashtirilishi kerak.

Sinov natijalariga ko‘ra, kerakli jihozlar ro‘yxati hamda o‘rnatish joylari belgilangan UZMOBILE 5G GSM tijorat tarmog‘i loyihasi ishlab chiqiladi.

So‘ngra, taxminan bir yarim yildan ko‘proq muddat talab etiluvchi 5G texnologiyasidagi UZMOBILE tijorat tarmog‘ini tashkil etish jarayoni uchun tarmoq uskunalari sotib olinadi.

5G texnologiyasi mamlakatimiz fuqarolari, korxonalar, hukumat va iqtisodiyoti uchun butunlay boshqa qiyofa aks ettirish qobiliyatiga ega. Ushbu yangi texnologiya ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish, «qurilmadan-qurilmaga» to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazish, kechikishlarni qisqartirish, elektrenergiya sarfini kamaytirish, hamma narsa bilan universal aloqa, mashinalararo aloqa, ultra HD 4K va 8K hamda virtual reallikning ko‘plab imkoniyatlarini ochib beradi.

 5G mobil aloqa texnologiyalarining beshinchi avlodini va Internet buyumlarning (IoT) qo‘llanilishi juda ko‘p sonli ulanishlar bilan tarmoqning boshqarilishi, nazorat qilinishi va kengaytirilishini orqali amalga oshirilib, barcha sohalarni tarmoqning intellektual funksiyalari bilan ta’minlaydi.

5G texnologiyasining joriy etilishi UZMOBILE Milliy uyali aloqa operatoriga o‘z abonentlariga 1 Gbit/s va undan yuqori tezlikda Internetdan foydalanish imkoniyatini beradi. Yangi 5G texnologiyalari bir vaqtning o‘zida bitta tayanch stansiyasining ko‘p sonli abonentlariga xizmat ko‘rsatishga imkon beradi va bu bilan ushbu texnologiyani, birinchi navbatda, aholisi ko‘p bo‘lgan joylarda kengaytirish oshirish uchun asosiy omil hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi operatorlar, provayderlar hamda O‘zbekistonga telekommunikatsion qurilmalarni olib keluvchi mutaxassislarni taklif qilib, mamlakatda 5G tarmog‘ini tatbiq etish bo‘yicha takliflarni taqdim etishlarini so‘radi.

An’anaviy tarzda O‘zbekistonda so‘nggi texnologiyalarni birinchilardan bo‘lib tatbiq etuvchi Ucell Kompaniyasi taklifni qabul qilib, sentyabr oyida 5G tarmog‘ini sinash uchun ruxsat oldi.

Birinchi 5G tijoriy tarmog‘ini rivojlantirish uchun Huawei kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan eng yangi qurilmalar xarid qilinib, mamlakatga kiritildi.

Shu kunlarda Kompaniya mutaxassislari Kompaniyaning Toshkentdagi bosh ofisi – Ucell Plaza’da birinchi 5G sinovini o‘tkazdi.

Real shartlarda qayd etilgan maksimal tezlik 1 Gbit/s.ga yaqin bo‘ldi. SpeedTest servisi yordamida amalga oshirilgan o‘lchovlar 1 376 Mbit/s.gacha yuklash tezligini ko‘rsatdi.

Mana, shu jarayonni o‘zingiz tomosha qiling:

https://mover.uz/watch/bESDAxLm

25-27 sentyabr kunlari yillik «ICT EXPO 2019» ko‘rgazmasi doirasida Ucell ishtirokchilar hamda mehmonlar uchun yoqimli syurpriz tayyorlamoqda: sinov rejimida 5G qurilmasining namoyishi! Gap nafaqat mumkin bo‘lgan yangi imkoniyatlar taqdimoti haqida, balki Kompaniya stendida 5G texnologiyasining afzalliklarini sinash imkoniyati haqida ketmoqda.

Birinchi 5G tarmog‘ining tijoriy qamrovi shu yili Tashkent City Xalqaro biznes markazida Ucell kompaniyasining mutaxassislari tomonidan joriy etiladi.

Shundan keyin mobil tarmoqning beshinchi avlodi kundan kunga yanada ko‘proq hududni qamrab boradi hamda tez orada, HD-sifatida bir soatlik filmni yuklab olish uchun sizga bir necha soniya kifoya bo‘ladi.

Dunyo bo‘ylab 5G tatbiq etganligi haqida xabar bergan davlatlar soni oshib bormoqda. Endi esa ushbu xaritada O‘zbekiston ham bo‘ladi, deyiladi xabarda.