Tutorials.uz haqida ma'lumot

Tutorials.uz platformasiga asos solishda, sardor Sanjarbek Sobirjonov, do'sti Abduvahobov Abdurasul , Muhammadali Hakimov hamda qo'llab turgan Qudratxo'ja Musayev, Nodir kabi insonlar ishtirok etishgan.

Tutorials.uz 2019-yilning 17-may sanasida tashkil topib, hozirgacha o'z faoliyatini olib bormoqda. Platformaning maqsadi, o'zbek tilidagi kontentlar sonini ko'paytirish, hissa qo'shish.

Shu jumladan, ayni damda Tutorials.uz - onlayn bepul ta'lim platformasi deb yuritiladi. Platformada, texnologiya, tabiiy va aniq fanlar bo'yicha darsliklar joylanadi. Darsliklar 2 toifada bo'lib, 1-toifaga bepul, 2-toifaga pullik darsliklar kiradi. Asosan bepul darsliklar platformada katta songa ega.

Kelgusida, platformada o'qituvchi va o'quvchi kabinetlari yaratilib, o'qituvchi o'zi joylagan darsliklarini sotishi va Tutorials.uz ning hamkoriga aylanish imkoniga ega bo'ladi.

Yaxshilik dunyoni o'zgartiradi, keling birlashamiz.